Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

9 kun ichida 3 ta Superkubok. «Qirollik klubi» «Yunayted» va «Barselona»ga qarshi

9 kun ichida 3 ta Superkubok. «Qirollik klubi» «Yunayted» va «Barselona»ga qarshi

Baho:
+ | -

Ispaniya Superkubogining ikki uchrashuvi qachon o‘tishiga oydinlik kiritildi.

Bu haqda «Chempionat» Marca nashriga tayanib ma’lumot berdi.

Bunga qadar o‘yinlar sanasida aniq to‘xtam yo‘q edi. Avvalroq kubok o‘yinlari 12 va 15 avgust kunlari o‘tishi rejalashtirilgandi. Endi esa «Real»ning Yevropa Superkubogidagi o‘yini ham hisobga olinib, Ispaniya Superkubogi 13 va 16 avgust sanalariga tayin qilindi.

Unga ko‘ra, «El-Klasiko»ning birinchisi 13 avgust kuni «Kamp Nou»da, takroriysi 16 avgust kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi. «Real» La liga chempioni sifatida, «Barselona» esa Ispaniya kubogi sohibi sifatida Superkubokda ishtirok etadi.

«Qirollik klubi», shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi sifatida 8 avgust kuni qit’a Superkubogini qo‘lga kiritish uchun Yevropa ligasi g‘olibi «Manchester Yunayted» bilan to‘qnash keladi. Bellashuv Makedoniyada bo‘lib o‘tadi.

La liga Ispaniya Superkubogidan tashqari, yangi mavsum o‘yinlari qachon start olishi masalasiga ham oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, 19 avgust kuni chempionatning 1-turi start oladi. So‘nggi tur 2018 yilning 20 may kuni o‘tkaziladi. Ispaniya kubogining navbatdagi g‘olibi esa kelasi yilning 21 aprel kuni aniq bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:51, 14.07.2017.
O'qildi: 24862 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик