Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

Xitoycha aksent bilan yoxud «Milan»ning superklubga aylanish rejasi

Xitoycha aksent bilan yoxud «Milan»ning superklubga aylanish rejasi

Baho:
+ | -

Iyun oyi o‘rtalariga kelib, Milan superjamoasining biznes-rejasi oshkor qilindi.

Yaqindagina Xitoy sarmoyalari bilan quvvatlangan klub yaqin 5 yil ichida daromad salmog‘ini naq 2,5 barabar oshirmoqchi? Xo‘sh, nimaning hisobiga? «Sovetskiy sport» gazetasi aynan  shu savol javobini topishga urinib, biznes-loyihaning asosiy jihatlariga e’tibor qaratdi.

«Milan»ning yangi ijrochi-direktori - Marko Fassone vaqtida «Yuventus»da marketing taraqqiyotiga javob bergan, keyin navbati bilan «Napoli» va «Inter» bosh direktori sifatida faoliyat yuritdi. Shunday tajribali mutaxassis joriy yil aprelda «Milan» boshqaruvini qo‘lga oldi. Endilikda u jahon futbolida amalga tatbiq etilayotgan eng ulkan marketing loyihalaridan biriga boshchilik qiladi: «Milan» o‘z oldiga moliyaviy ko‘rsatkichlarini keskin yaxshilash vazifasini qo‘ygan. Klub buning uchun avvalo, Yevropa va Xitoyda ko‘proq daromad olishni ko‘zlamoqda. Xullas, rejaga ko‘ra, yaqin 5 yil ichida «Milan»ning moddiy ulushi 2,5 baravar oshishi kerak. Vaholanki, oxirgi 2 mavsumga nazar solsak, milanliklarning daromadlari miqdori deyarli 10 million yevroga kamaydi.

Matbuotda xitoylik biznesmen Yonxon Lining «Milan» FK prezidenti lavozimiga qanday kelgani haqida yetarlicha  yozildi. Shunday bo‘lsada, yana bir bor eslatib o‘tamiz, u joriy yil nomdor klubni sotib olib, Silvio Berluskonining 30 yillik boshqaruv davriga nuqta qo‘ydi. Sport Connect gazetasida yozilishicha, kelishuv amalga oshirilgani hamono «Milan»ning marketing yo‘nalishi Xitoy tomon burilishi taxmin qilingan edi. Mana, italyanlar qabul qilgan biznes-reja bu taxminlarni qisman tasdiqladi. Lekin klub birgina Osiyo bozorini zabt etish bilan cheklanmoqchi emas. Umuman, loyihaga ko‘ra, barcha yo‘nalishlardagi daromadi barqaror ravishda o‘sishi kerak. To‘g‘ri, «Milan» rahbariyati asosiy urg‘uni Xitoy bozoriga qaratmoqchi va bu borada yaqin vaqt ichida «portlash effekti»ni ko‘rsatmoqchi. Aslida «Milan» avvalgi 3ta mavsumda Xitoy bozorida aytarli karomat ko‘rsatolmagan. Endi esa chempionat-2017|2018 davomida «xitoycha ulush» miqdorini naq 90 million yevroga ko‘tarmoqchi.

E’tiborli jihati, «Milan» ixtiyorida 1ta emas, balki 2ta moliyaviy reja bor. Italiyaning Il Sole 24 nashri moliya bo‘limi muharriri Karlo Festa ma’lumotlariga ko‘ra, variantlardan biri klub xodimlari uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi reja esa UYEFA boshqaruv organlariga havola etilgan va unda taxminiy daromadlar miqdori 20 foiz kamaytirib ko‘rsatilgan. Biroq shu ham UYEFA tomonidan fantastik reja sifatida baholanmoqda. Taqqoslash uchun:  «Barselona» 2016 yili Osiyo bozorida 14ta homiylik shartnomasi vositasida 19 million yevro topdi. Kataloniya klubi ushbu yo‘nalishni 2013 yildan buyon rivojlantirmoqda. Misol uchun, o‘sha vaqtdayoq Gonkongda «Barsa» ofisi ochilgandi. Xullas, «Milan» hali UYEFA vakillarini o‘z rejasiga ishontirishi kerak. Chunonchi, nashrda qayd etilishicha, Yevropa Ligasi  kvalifikasion raundida o‘ynaydigan jamoaning moliyaviy ko‘rsatkichi sezilarli darajada minus ko‘rinishida - chamasi 70 million yevro.

Boshqa tomondan qarasak, «A» seriyasi rahbariyati ham Osiyo bozoriga alohida qiziqish bilan yondashmoqda: mamlakat superkubogi uchun o‘yin 4 marta Xitoyda va 2 marta Qatarda tashkillashtirilgani ko‘p narsadan dalolat. Qolaversa, chempionat doirasidagi markaziy o‘yinlar hech qanday muammosiz Italiya vaqti bo‘yicha kunning birinchi yarmiga belgilanmoqdaki, bundan ko‘zlangan maqsad aniq - xitoylik muxlislarga tomosha uchun qulaylik yaratish. Misol uchun, aprel oyida «Milan derbi»si mahalliy vaqt bilan soat 12:30da boshlandi. Oddiy aytganda, o‘yinga Pekin vaqti bilan soat 19:30da start berildi. Italiyalik fanatlar bundan qattiq jig‘ibiyron bo‘lishganini alohida eslatish shart emasdir - hammasi o‘z-o‘zidan tushunarli. Biroq ularning fikrlariyu, e’tirozlariga quloq soluvchi kishi topilmadi.

Xo‘sh, «Milan» Xitoy tashqarisidagi biznes-loyihasini qanday yo‘lga qo‘ymoqchiyu, ulushini nimaning hisobiga ko‘paytirmoqchi? Demak, jamoa mavsum-2018|2019da UYEFAdan 46 million yevro olmoqchi. Jamoaning mavsum-2013|2014dan buyon Chempionlar Ligasida ishtirok etmayotgani qaysidir ma’noda yangi rahbariyat foydasiga ishlaydi. Zero, «Milan» yevrokuboklardan chetda qolish natijasida mo‘may daromaddan mosuvo bo‘lgan va endi moliyaviy ko‘rsatkichni keskin yaxshilash imkoniyati bor. Harqalay, daromadni 2,5 baravar oshirish rejasida avvalgi natijalar ta’siri ham yo‘q emas, albatta. Marko Fassone may oyidayoq «Milan» uchun «Yuventus» tanlagan yo‘lni asos qilib olish istagi borligini ta’kidlagandi. Ammo klub uchun yangi stadion qurish masalasida dadil gapirolmagandi. Ya’ni «Milan»ning bu ishga tayyorligini tasdiqlamagan. Turinliklar esa atigi 2,5 yil ichida yangi arena bunyod etib, buning ortidan daromad miqdorini sezilarli darajada oshirgandilar. To‘g‘ri, «Yuve» stadioni 41000 muxlisga mo‘ljallangan, «Milan» esa arena sig‘imi 60 mingdan kam bo‘lmasligini xohlamoqda. Shunday ekan, «San Siro»ni modernizasiya qilish varianti past emas. Birinchidan, u klub uchun juda qadrli, ikkinchidan, ta’mirlanishga muhtoj, uchinchidan esa, «Inter»ning xitoylik egalari shaxsiy stadion qurishga qaror qilishlari mumkin, baribir. Shunday taqdirda «Inter» ma’lum muddatdan so‘ng «San Siro»dan voz kechadi va u «Milan»ning o‘ziga qoladi.

Oxirgi 2 mavsumdagi ko‘rsatkich va yangi reja

Mavsum-2015|2016: 206,3 mln. yevro

Mavsum-2016|2017: 196,2 mln. yevro

Mavsum-2017|2018: 273 mln. yevro

Mavsum-2018|2019: 426,2 mln. yevro

Mavsum-2019|2020: 447,5 mln. yevro

Mavsum-2020|2021: 486,1 mln. yevro

Mavsum-2021|2022: 524 mln. yevro

Xitoy bozoriga bog‘liq daromad rejasi

Mavsum-2017|2018: 90 mln. yevro (umumiy daromadning 30,3 foizi)

Mavsum-2018|2019: 183 mln. yevro (umumiy daromadning 42,9 foizi)

Mavsum-2019|2020: 196 mln. yevro (umumiy daromadning 43,8 foizi)

Mavsum-2020|2021: 213,5 mln. yevro (umumiy daromadning 43,9 foizi)

Mavsum-2021|2022: 225 mln. yevro (umumiy daromadning 42,9 foizi)

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:50, 17.07.2017.
O'qildi: 7418 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.