Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yangi asrning eng sovrindor klublari

Yangi asrning eng sovrindor klublari

Baho:
+ | -

2001 yil 1 yanvardan e’tiboran boshlangan 21-asrning ortda qolgan davrida eng ko‘p sovrin yutgan jamoani bilasizmi?

Rossiyaning soccer.ru sayti ayni shu masalaga alohida qiziqib, Yevropa klublari sovrinlarini sanab chiqdi va maxsus reyting tuzdi. Elit ro‘yxatni shakllantirishda milliy chempionatlar darajasi ham hisobga olingan, albatta.

Misol uchun aytsak, «Seltik» (SHotlandiya) va «Olimpiakos» (Gresiya) klublari yangi asr davomida 23tadan sovrin yutishga ulgurdi, «Shaxtyor» (Ukraina) va «Pyunik» (Armaniston) esa yana ko‘proq - 26tadan. Zagreb «Dinamo»sining Xorvatiya futbolidagi xirmoniga qarang - 27ta g‘alaba.

Bu borada Moldova futboli «gegemoni» - «Sherif» alohida o‘rin tutadi. Ushbu jamoa yangi 100 yillikning ilk bosqichida o‘z muzeyini naq 30ta sovrin bilan boyitdi. Shuningdek, Gollandiyaning «Ayaks» (15ta sovrin), Portugaliyaning «Benfika» (18ta sovrin) va «Portu» (28ta sovrin) jamoalariga ham qoyil qolish kerak.

Biroq bu klublar ishtirok etadigan chempionatlar saviya bobida deylik, «A» seriyasi yoki hattoki, Liga 1 turniriga bas kelolmaydi. Demak, sovrindorlar reytingini tuzishda eng katta chempionatlar vakillari xirmoniga nazar tashlash ma’qulroq.

12-o‘rin. «Liverpul» - 11ta sovrin

Avvalo aytish kerak, «Atletiko» va «Borussiya» D. klublari yangi asrda hozircha tegishlicha 7 va 8ta sov-rin bilan cheklanib turibdi, «Se-vilya» 9ta turnir g‘olibiga aylandi. «Qizillar»ga kelsak, ular yangi asrdagi sovrinlar soni bo‘yicha «Milan» bilan teng natijaga egalar. Ammo «Liverpul»da chempionlik unvoni yo‘q, «rossonerlar» esa «A» seriyasida 2 marta shohsupadan joy olish barobarida CHL kubogini ham shuncha marta boshlari uzra baland ko‘tarishdi. «Liverpul» shuning hisobiga reytingda Italiya vakilidan bir pog‘ona orqada, garchi «Istanbul mo‘’jizasi»ni aynan «Milan»ga qarshi kechgan CHL finalida namo-yish etgan bo‘lsada.

11-o‘rin. «Milan» - 11ta sovrin

Ko‘rinib turibdiki, buyuk jamoalar doim ham eng sovrindorlar ro‘yxatining yuqorisidan joy olavermaydi. Ayniqsa, asosan kubokka «ixtisoslash» klublarning reytingda oldingi qatorlarni band etishi qiyin masala. «Milan» deylik, Karlo Anchelotti davrida uzoq masofani barqaror bosib o‘tishga qiynalgan. O‘sha vaqt «A» seriyasida kuzatilgan hakamlik «fokusi» va «rossonerlar»­ning afsonaviy tarkibi yoshini hisobga olsak, bunda ajablanadigan tomoni yo‘q. Shunga qaramay, milanliklar Yevropa futbolida hukmronlik qilishni o‘rniga qo‘yib, katta-katta finallarga chiqishgan.

10-o‘rin. «Arsenal» - 12ta sovrin

«Kanonirlar» yakunlangan mavsum Angliya kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha sof birinchi o‘ringa ko‘tarilishdi - 13ta billur sovrin. Arsen Venger esa Angliya futbolida ichki turnirlardagi g‘alabalar soniga ko‘ra, eng muvaffaqiyatli menejerlar qatoriga kirdi. Biroq top-5ta chempionatga nazar solib, g‘alabalarni sanasak, unda «Arsenal»ga sovrindorlar reytingining yuqoriroq o‘rnidan joy olishi uchun Yevropa maydonidagi g‘alabalar va milliy birinchilik oltin medali yetishmayotgani oydinlashadi. Xullas, yangi asr mobaynida 2 bora APL chempionligiga erishgan klub kuboklarni xotirjam yig‘ib, shuning hisobiga kuchli o‘nlikka kirdi.

9-o‘rin. «Inter» - 15ta sovrin

«Inter»ning bu natijasida, aniqrog‘i, Italiya arenasidagi yutuqlarida tashqi kuchlar-muammolar ulushi ham bor. Ya’ni «neradzurralar»ga «Yuventus»ning quyi ligaga badarg‘a qilingani qo‘l keldi. Fakt shuki, klub yangi asr badaliga rasman shuncha sovringa ega. Ha, «Internasionale» ayni payt «A» seriyasida hukmronlik qilishga tayyor emas, hattoki, kubok yutishga ham qurbi yetmayapti. Ammo u Joze Morinyo boshqaruvida qo‘lga kiritilgan CHL kubogi va sovrinlarining umumiy soni bo‘yicha azaliy raqibi - «Milan»dan oldinda bormoqda. Xitoy pulari evaziga cho‘ntagini qappaytirgan jamoa endi sekin-asta o‘z o‘rniga qaytsa, bas.

8-o‘rin. «Yuventus» - 16ta sovrin

Italiyaning 21-asrdagi eng sov-rindor vakili. Betakror Janluiji Buffonning o‘zgarmas jamoasi turli tarkiblar va murabbiylar bilan jami 16ta sovrindan ajoyib kolleksiya to‘pladi. Agar bekor qilingan 2ta unvonni ham qo‘shsak, «Yuventus» yanada tepaga joylashadi. Eh, turinliklar bu yil uzoq kutilgan CHL bosh mukofotini o‘zlariga bo‘ysindirganlaridami, unda Yevropa superkubogi uchun o‘ynashardi, Klublar o‘rtasidagi JCHga ham borishardi. Shunda «Yuve» yil oxiriga qadar ushbu reytingning kuchli uchligiga ancha yaqinlasharmidi?

7-o‘rin. «Lion» - 17ta sovrin

«Lion» yoxud «Olimpik» bu yil yevrokuboklarda o‘zini eslatib qo‘ydi, biroq CHLga daxldor shaxsiy rekordini yangilay olgani yo‘q. Ya’ni YELda yarim finaldan nariga o‘tolmadi. Fransiya chempionatida qatorasiga qo‘lga kiritilgan 7ta oltin medal va milliy kuboklar esa «to‘quvchilar»ning elit ro‘yxatda munosib joyda turishlarini ta’minlamoqda. Ha, yevroarenalarda g‘alaba qozonmasdan ham top-5ta  divizionning «tillo»ga burkangan jamoalari qatoriga kirish imkoni bor ekan.

6-o‘rin. «Chelsi» - 17ta sovrin

«Aristokratlar»ning bunchalik tepada ekanliklari birovni ajablantirmasa kerak-ov... Jamoa bu yil «oltin dubl» qayd etishi ham hech gap emasdi, biroq Antonio Kontening chempionlik yurishiga birozgina soya tushgani Roman Abramovich tomonidan sayyoramizdagi eng omadli klub tuzilgani haqidagi faktga soya sololmaydi. Yangi asrda 5ta chempionlik unvoni, 4ta milliy kubok va CHL hamda YELda bir martadan g‘alaba - «ko‘klar»qoyilmaqom ko‘rsatkichga egalar. Endi esa yana CHL ham qaytishadi.

5-o‘rin. «PSJ» - 19ta sovrin

«PSJ»ning Fransiya futbolidagi «gegemon»lik samarasi o‘laroq, bir qator grandlardan yuqorida turgani adolatsizlikmi? Bir narsani tan olish kerak, parijliklar tarkib ustida ishlashni yaxshi bilishadi, ayniqsa, hujumchi tanlashni. Qarang, klub avvaliga superforvard - Zlatan Ibragimovich gollaridan yetarlicha bahra oldi, keyin Edinson Kavani bosh rolga ko‘tarildi. To‘g‘ri, oxirgi mavsumda chempionlik seriyasi uzildi, boz ustiga, yevroarenada ham yana sovrin yutilmadi. Umuman, «PSJ»ning eng sovrindor jamoalar orasida munosib o‘ringa ega bo‘lishi uchun aynan xalqaro kubok yetishmayapti.

4-o‘rin. «Real» - 22ta sovrin

Agar Krishtianu Ronaldu va uning «to‘q» sheriklari tez-tez dam olib, ishtiyoqli zaxirachilarga yetarli o‘ynash imkoniyatini berishganida, «Real» ichki arenada yanada ko‘proq sovrin yutarmidi? Ehtimol, ammo Zayniddin Zidanning siyosati boshqacha. Mana, madridliklar chempionlik unvonini o‘zlariga qaytarishdi - bunisi yangi asr badaliga qo‘lga kiritilgan 6-oltin medaldir. Ular Kardiffda bechora «Yuventus»ni dog‘da qoldirib, bu davrdagi jami sovrinlari sonini 22taga yetkazishdi. Xullas, «Real» o‘z nomiga yarasha qirollarga xos odimlamoqda - 21-asrda CHLning o‘zida 4ta g‘alaba, qoyilmisiz?

3-o‘rin. «Manchester Yunayted» - 23ta sovrin

«MYU» aynan Joze Mourinyo tufayli kuchli uchlikka kirdi. Axir portugaliyalik mutaxassis Manchesterdagi debyut mavsumida naq 3ta sov-rinni ta’minladi. Mamlakat superkubogi, Liga kubogi va YEL bosh sov-rini - agar bular bo‘lmaganida, 3-o‘rin «Real»ga tegardi. To‘g‘ri, «qizil iblislar» hozirgi natijalar uchun avvalo, ser Aleks Fergyusondan minnatdor bo‘lishlari lozim. Zero, sov-rinlar xirmonining salmoqli qismi aynan uning davrida yig‘ilgan.

2-o‘rin. «Bavariya» - 29ta sovrin

«Bavariya» ushbu elit ro‘yxatga tushganlar orasida yangi asr davomida milliy chempionat g‘olibligini 10 marta yoki bundan ham ko‘proq nishonlagan yagona klubdir. Xullas, Myunxen superklubi Oliver Kan va Shtefan Effenberg davridan tortib, Manuel Noyer va Filipp Lam vaqtigacha yo‘nalishini zarracha o‘zgartirmay, bundesliganing eng boy hamda omadli ishtirokchisi bo‘lib qoldi. Yevropada ham jamoa binoyidek savlatga ega - CHLdagi 2ta g‘alaba ko‘p narsadan dalolat. Demakki, «Bava-riya»ning reytingning 2-qatoridan joy olgani bejiz emas. Qolaversa, u yangi asrning eng sovrindor jamoasi nomini olishga ham yaqqol da’vogar.

1-o‘rin. «Barselona» - 30ta sovrin

Luis Enrike Kataloniya klubidagi faoliyatini Ispaniya kubogini yutish bilan tugatdi. Umuman, u «Barselona» tarixidagi eng omadli murabbiylardan biri maqomini oldi. Imkoni bor 13ta sovrindan 9tasini ta’minladiki, bu katta gap. Endi bunga Xosep Gvardiola davridagi yutuqlarni qo‘shing. Shuningdek, 21-asrda qo‘lga kiritilgan CHLning 4ta kubogidan dastlabkisi Frank Raykaard boshqaruvida kelganini unutmaslik kerak. Fakt shuki, Lionel Messi, Neymar, Luis Suares va boshqalar jamoasi  «Qirol kubogi»da «Alaves» mag‘lub etilgani hisobiga ham yetakchi ligalar grandlari orasida eng sovrindor «imperator»ga aylandi.

Bonus

Oliy ligamiz grandlari yangi asrda sovrin yutish masalasida qanday natijaga erishganlar? Demak, 2001 yildan keyingi davrni olsak, 9 marta chempion bo‘lish barobarida milliy kubokni shuncha marta boshi uzra baland ko‘targan «Paxtakor» eng sovrindor jamoadir. «Bunyodkor» hisobida esa 9ta sovrin bor - 5ta chempionlik medali va 4ta kubok.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:24, 01.08.2017.
O'qildi: 13734 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.