Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Dilshod Rahmatov: «O‘zbek yigitlari braziliyaliklardan qolishmaydi»

Dilshod Rahmatov: «O‘zbek yigitlari braziliyaliklardan qolishmaydi»

Baho:
+-1 | -

Xitoy chempionatida to‘p surayotgan futzalchimiz Dilshod Rahmatov "Olmaliq" klubida ijarada o‘ynaydigan bo‘ldi.

Quyida futbolchi bilan uyushtirilgan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

-       Dilshod, siz futzalimizdagi kamsonli legionerlardan birisiz. Xitoy klubiga o‘tishingiz qanday kechdi?

-       Yurtimizda o‘tgan Osiyo chempionatidan so‘ng Xitoyning «Dalyan Puvan Anbo» klubi vakillari qiziqarli taklif bilan chiqishdi va men bajonidil rozi bo‘ldim. 2016 yil O‘zbekiston chempionati tugagach, keyingi mavsumni Chin yurtida o‘tkazib, mamlakat chempionligini nishonladim.

-       Xitoyda bugun futbolga millionlab pullar sarflanmoqda, e’tibor kuchaygan. Futzalda-chi?

-       Chin yurtida futbol jadallik bilan rivojlanib bormoqda va bu jarayonni futzalda ham ko‘rishimiz mumkin. Chempionatdagi barcha jamoalar o‘z tarkibiga braziliyalik, yaponiyalik, eronlik legionerlarni jalb qilishgan. O‘zbekistondan esa uch kishimiz: Shuhrat Tojiboyev, To‘ychiboy Berdiyev va men.

-       Dunyoning turli nuqtalaridagi futbolchi va futzalchilarni Xitoyga borishga nima undamoqda?

-       Albatta, moliyaviy manfaat. Xitoyda braziliyalik legionerlar bilan ko‘p suhbatlashdim. Aytishlaricha, ularning yurtida futzalchilarga katta mablag‘ to‘lashmas ekan. Yevropada to‘p surish uchun esa daraja shunga yarasha o‘ta yuqori bo‘lishi kerak. Shunday ekan, Xitoy chempionati - har tomonlama foydali taklif.

-       «Dalyan Puvan Anbo» bilan shartnomangiz qancha muddatga tuzilgan?

-       Dastlab bir yillik bitim imzoladik. Yuqorida aytganimdek, bu mavsum chempionlikni nishonladik. Rahbariyatga o‘yinlarim ma’qul bo‘lgach, muddatni yana bir yilga uzaytirdik. 2018 yil yozida futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etamiz. Barchasi kutganimdek kechsa, yana bir necha mavsum Xitoy chempionatida o‘ynamoqchiman.

-       Maosh katta bo‘lgach, legionerlarga qo‘yiladigan talablar ham shunga yarasha bo‘lsa kerak? Xitoy va O‘zbekiston chempionatlarining farqi nimada?

-       Xorijda italiyalik murabbiy qo‘l ostida o‘ynadim. Uning uslubi yevropacha, ya’ni biz o‘rgangan Xose Mariya Mendez uslubiga yaqin. Ispaniyalik mutaxassisdan juda ko‘p narsa o‘rgandik, futzalchi sifatida shakllanishimda uning xizmatlari katta. Fursatdan foydalanib, Mendezga alohida rahmat aytaman. Xitoyda uning tavsiyalari juda asqotdi, chunki u yerda har bir o‘yinchining harakatlarini maxsus guruh vakillari tahlil qilib, bosh murabbiyga ma’lumot yetkazib turishadi. Maydonda aniq raqamlarga tayanib ko‘rsatmalar beriladi. Siz yutuq va kamchiliklaringizni aniq bilib, shu asosda ishlaysiz!

-       «Dalyan Puvan Anbo» bilan 2018 yilga qadar shartnomangiz bo‘lsada, bugun «Olmaliq» safidasiz...

-       Davralar oralig‘idagi tanaffusda jamoa rahbariyatiga «Olmaliq» bilan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmoqchi ekanligimni ma’lum qilgandim, e’tiroz bildirishmadi. Shu tariqa, ikki oy ijara asosida «Olmaliq» safida to‘p suradigan bo‘ldim.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:13, 02.08.2017.
O'qildi: 3852 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик