Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Nikita Ribkin: «Hozir yuragimga «Qo‘qon-1912» yaqinroq»

Nikita Ribkin: «Hozir yuragimga «Qo‘qon-1912» yaqinroq»

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912» darvozaboni Nikita Ribkin Interfutbol nashriga intervyu berdi.

- Nikita, tayyorgarlik jarayonidan ko‘nglingiz to‘lyaptimi? Mash­g‘ulotlarda nimaga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda?

- O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini reja asosida davom ettiryapmiz. Kuniga ikki mahal tashkillashtirilayotgan mashg‘ulotlarda avvalo, jismoniy tayyorgarlikni maromiga yetkazish ustida ishlayapmiz. Yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushyapmiz, albatta.

- Mashg‘ulotlarda qatnashayotgan yangi futbolchilar xususida nima deya olasiz?

- «Obod»ning 3 nafar vakili ko‘rikka kelgandi va ulardan Doniyor Hasanov bilan shartnoma tuzildi. Lekin tarkibni yanada kuchaytirish talab etiladi. Zero, ikkinchi davra bahslari yanada shiddatli kechishini taxmin qilish qiyin emas. Yetakchi jamoalardagi katta o‘zgarishlarga e’tibor berish kifoya... Ko‘pchilik «Qo‘qon-1912»ni birinchi davra kashfiyoti sifatida ta’riflayapti. Ha, darhaqiqat, chakki taassurot qoldirmadik. Tanaffusga 2-o‘rinda chiqqanimiz ko‘p narsadan dalolat. Bu biz uchun ajoyib natija. Agar ba’zi o‘yin­larda kutilmagan yo‘qotishlarga uchramaganimizdami, hozir «Loko»ga ochko bo‘yicha ham ancha yaqin turardik. Masalan, Muborakda «Mash’al»ga qarshi kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol qo‘yib yubordik. Keyin ketma-ket 3ta uchrashuvda durangga rozi bo‘ldik.

- O‘zi birinchi davra shunday kutilmagan natijalarga boy bo‘lishini kutganmidingiz?

- Ha, chempionatda «syurprizlar» keti uzilmayapti. Demak, ikkinchi davrada ham shunday noodatiy holatlarga tayyor turishimiz kerak. Ochig‘i, mavsum boshida bunaqasini o‘ylab ham ko‘rgan emasdim.  «Bunyodkor» va «Paxtakor» jamoalariga qarang - ular birinchi davraning o‘zida avvallari butun mavsum davomida boy beradiganlaridan ham ko‘proq ochko yo‘qotishdi. Faqat grandlar emas, sovrinli o‘rinlarga da’vogar jamoalarda ham shu holat. Lekin chempionatimiz aynan shunisi bilan kuchli qiziqish uyg‘otmoqda.

- Xo‘sh, shaxsan o‘zingiz «Qo‘qon-1912»ni bosh kashfiyot sifatida ko‘rsata olasizmi?

- Xulosa chiqarishga hali erta. Turnir jadvaliga e’tibor qaratsangiz, jamoalar joylashuvi juda zich. Ya’ni ishtirokchilarni bir yoki ikki ochko ajratib turibdi. Demakki, bitta tur natijalari turnir jadvalini keskin o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Bordiyu, biror klub ketma-ket 2ta o‘yinda ochko ololmasami, jadvaldagi mavqesini boy beradi-qo‘yadi.

- «Qo‘qon-1912»ning muvaffaqiyatli ishtirokini avvalo, qaysi asos bilan izohlaysiz?

- Takror aytaman, ayni holatda qandaydir muvaffaqiyat haqida gapirishga erta. Hozirgi natijalarimizga kelsak, shunchaki, murabbiylar ko‘rsatmalarini sifatli bajaryapmiz.

- Bosh murabbiyning asosiy talabi nima - hujumkor futbolmi?

- Xuddi shunday. Lekin har doim ham hujumkorlikka tayanish to‘g‘ri kelmaydi. No‘’mon Hasanov futbolchilik davrida hujumkor yarim himoyachi sifatida to‘p surgan va bizdan ham shunday o‘ynashni so‘ramoqda. Lekin taktika raqibga qarab tanlanadi, albatta. Murabbiy ko‘rsatmalarini bexato bajarayotganimiz isboti shuki, birinchi davrada faqat «Olmaliq» darvozasini ishg‘ol qilolmadik. Qolgan barcha o‘yinlarda kamida 1ta gol urdik.

- Mavsum boshlanishi oldidan jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa o‘zgarmadimi? Harqalay, hozirgi holatda sovrindorlar safida qolish uchun yaxshigina imkoniyatga egasizlar...

- Ha, shunday. Xullas, eng oliy maqsadlar sari intilishimiz aniq.

- Bu maqsad OCHL yo‘llanmasini yutishmi yoki...?

- Har bir jamoa xalqaro arenaga chiqishni xohlaydi, shu jumladan, biz ham.

- Faoliyatingizning kattagina qismi «Paxtakor»da o‘tdi va bu klub yuragingizga ancha yaqin bo‘lsa kerak. Qachonlardir «uy»ga qaytish rejangiz bormi?

- Oxirgi oylarda «Paxtakor» katta islohotlarni amalga oshirdi. Aniqrog‘i, klubda  deyarli hamma narsa o‘zgardi. «Qo‘qon-1912» esa faoliyatimdagi uchinchi klub hisoblanadi va qariyb bir yildan buyon uning sharafini himoya qilyapman. Ochig‘i, ayni payt menga «Paxtakor»dan ko‘ra, «Qo‘qon-1912» yaqinroq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:06, 05.08.2017.
O'qildi: 2873 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.