«Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishich jamoani tark etmaydi.
Premium Sport xabariga ko‘ra, «neradzurri» rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma imzolab, uning maoshini 6 mln yevroga oshirishni rejalashtirmoqda. Natijada u «Inter»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Avvalroq u bilan PSJ va MYU klublari qiziqqani haqida xabarlar chiqan edi.