Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Real» «Deportivo»ni mag‘lub etib, Teresa Errera sovrinini qo‘lga kiritdi (Videosharh)

«Real» «Deportivo»ni mag‘lub etib, Teresa Errera sovrinini qo‘lga kiritdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi 12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Deportivo»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Teresa Errera sovrinini qo‘lga kiritdi.

Teresa Errera sovrini — 1946 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadigan mavsumoldi o‘rtoqlik turniri. Musobaqa Ispaniyaning Galisiya mintaqasidagi La-Korunya shahrida, «Riasor» stadionida an’anaviy tarzda avgust oyining ikkinchi yarmida tashkil etiladi.

Turnir XVIII asrda yashagan va hayotini muhtojlarga yordam berishga bag‘ishlagan filantrop Teresa Margarita Errera-i-Pedrosa sharafiga nomlangan.

«Deportivo» musobaqa tarixidagi eng sovrindor klub hisoblanadi — jamoa turnirda 26 marta g‘olib chiqqan. «Real» esa 10 ta sovrin bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklarning avvalgi g‘alabalari 1949, 1953, 1966, 1976, 1978, 1979, 1980, 1994 va 2013 yillarda qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarni 6 ta sovrin bilan «Atletiko» va 5 ta sovrin bilan «Barselona» egallab turibdi.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumi yakunlariga ko‘ra, «Real» 86 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Madridliklar 94 ochko jamg‘argan «Barselona»dan ortda qoldi.

«Deportivo» esa 2025/26 yilgi mavsumda Segundada 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, 2026/27 yilgi mavsumda La Ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 03:14, 13.08.2026.
O'qildi: 2379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик