Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Diyego Maradona: “Men kashandaman?! Ehtimol, ammo…”

Diyego Maradona: “Men kashandaman?! Ehtimol, ammo…”

Baho:
+ | -
1960 yilning 30 oktyabrida Argentinaning Buyenos-Ayres viloyatida, tegirmonchi don Diyegoning oilasida chaqaloq dunyoga keldi. Uy bekasi Dalma Salvadora Franko turmush o‘rtog‘iga qo‘chqordek o‘g‘il hadya etdi va keyinchalik dunyo futboli qiroliga aylangan Diyego Armando Maradonaning tarixi boshlandi.

SHONLI DAVRLAR OG‘USHIDA

Kichik Diyego 7 yoshida futbol bilan shug‘ullangan, 16 yoshga to‘lishi arafasida «Arxentinos Xuniros» jamoasi tarkibida professional futbolchi sifatida ilk o‘yinini o‘tkazgan. U 1979 yilda Tokioda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. U Argentina terma jamoasining Tokiodagi zafarli ishtirokida muhim o‘rinni egallagandi.

1981 yilda Maradona "Boka Xuniors" tarkibida mamlakat chempioni bo‘lgan, 1982 yilda asosiy terma jamoa bilan jahon chempionatida ishtirok etdi. Uning turnirdagi ilk ishtirokidan keyin muxlislar unga jahon futbolida Pelening o‘rnini egallovchi yangi yulduz sifatida qaray boshlashdi.

Mundialdan keyin Maradona "Barselona" bilan shartnoma tuzgan, Ispaniyadagi ikki mavsumda u jamoasi bilan mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Lekin futbolchi jarohat tufayli o‘zini kutilganidek namoyish eta olmaydi va jamoa rahbariyati ishonchini oqlamaydi. Shundan so‘ng, uni Italiyaga, "Napoli" jamoasiga transfer qilishadi.

U Italiyada o‘z faoliyatining eng yulduzli davrlarini o‘tkazdi. 1991 yilgacha Maradona "Napoli"ga 2 marta Italiya chempionligini olib berdi va bir martadan Italiya Kubogi hamda UYEFA kubogiga ega chiqdi.

1986 yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati Argentina terma jamoasining zafarlari bilan yodda qoldi. Bu turnirni eslashlariga sabab bo‘ladigan eng asosiy voqea esa Diyego Armando Maradona ishtirokida sodir bo‘lgan. U Angliya terma jamoasiga qarshi o‘yinda avvaliga raqibning 6 nafar futbolchisini aldab o‘tib, gol urgan. Uning o‘yindagi ikkinchi goli bosh aralash qo‘l bilan urilgan. Futbolchining o‘zi keyinchalik bu golni "Xudoning qo‘li orqali urilgan gol" deya tariflagan.

Neapolda muxlislar Maradonani ilohiylashtirishgan, 1988 yilda shaharda "Maradonianlar cherkovi" barpo etilgan. Bu yangi e’tiqod vakillari uchun yangi yil 1960 yilning 30 oktabri hisoblanadi. Ular Diyego tomonidan Angliya darvozasiga 2ta gol urilgan 22 iyun kunini o‘ziga xos "Pasxa bayrami" sifatida nishonlashadi.

MUZAFFAR OSMONDAGI QORA BULUTLAR

1990 yilda Italiyada o‘tkazilgan mundialda Argentina terma jamoasi kumush medallar bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Germaniyaning keyingi 10 yil davomida jahon futbolida eng kuchlilardan biri bo‘lgan yosh tarkibi finalda g‘alaba qozondi.

1990 yilgi jahon chempionati argentinaliklar uchun yanada qayg‘uli bo‘ldi. Terma jamoaning asosiy futbolchisi Maradona shifokorlarning xatosi tufayli kokain qabul qilganlikda ayblanib, diskvalifikasiyaga uchraydi. 15 oyga futboldan chetlatilgan futbolchi 1991 yildayoq amalda futbolchilikni yakunlashga majbur bo‘ladi.

U rasman 1997 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlangani haqida e’lon qilgan bo‘lsa-da, keyingi davr uning uchun inqiroz davri bo‘ldi.

Maradona o‘z faoliyati davomida 687ta o‘yin o‘tkazib, 363ta gol urgan. (SHundan Argentina terma jamoasida 113ta o‘yin, 50ta gol).

Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Maradona Argentina va Italiyadagi telekanallarda sharhlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U 2005 yilning iyunidan 2006 yilning avgustigacha "Boka Xuniors" jamoasida vise-prezident sifatida ishlaydi. Shuningdek, bir nechta filmlarda suratga tushadi.

2008-2010 yillarda Argentina terma jamoasida bosh murabbiy bo‘lgan Maradona omadga erisha olmaydi. 2010 yilda JARda o‘tgan mundialda argentinaliklar chorak final uchrashuvida Germaniyadan mag‘lub bo‘ladi (0: 4) va Maradonaga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.

Keyinroq Maradona BAAning "Al-Vasl" jamoasida (2011-2012 yy) bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

U 2015 yilda futbol olamida yana faol ko‘rina boshladi. Maradona o‘zini FIFA rahbarligi uchun qobiliyatli nomzod sifatida atab, prezidentlik uchun qatnashmoqchiligini bildirdi. Ammo yakunda u nomzod sifatida hujjat topshirmadi.

Ayni damda Argentina terma jamoasi yoki biror-biror klubni boshqarish arafasida. Biroq uning murabbiylik borasida omadi shu paytgacha yurishmagan.

ENG SARA FIKRLARI

«Men yo qora bo‘laman yoki oq. Hech qachon oq-qora bo‘lmaganman».

«Futbol — quvonch va xursanchilik o‘yini. Unda stressga tushish yaramaydi. Stress — ish stoliga o‘tirib olib, ishga mukkasidan ketadiganlar uchun xos».

«Onamning fikricha, men dunyodagi eng kuchli futbolchi ekanman. Onam esa hech qachon noto‘g‘ri o‘ylamaydi».

«Neapolliklar juda yaxshi bilishadi, «Napoli» faqat mening davrimda katta yutuqlarga erishgan. 1987 yilgacha klubda hech qanday sovrin yo‘q edi».

«Pele eng kuchli sportchilar ro‘yxatida Ayrton Sennadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U doim ikkinchi, nafaqat Braziliya, balki dunyo sportida ham».

«O‘g‘rilikka qo‘l urgan har qanday kishini kechirish mumkin».

«Ha, men Rim papasiga qarshi chiqqanman. Chunki Vatikanga borganimda tilladan qilingan tomlarni ko‘rganman. Vaholanki, ilgari Rim papasi bolalarni qashshoqlikdan qutqarish haqida o‘ylayotganini eshitgandim. Bir narsani tushunmayman, axir buning uchun ko‘p o‘ylash shart emas, tilla tomlar sotilsa, hammasi hal bo‘ladi. Ammo...»

«Narkotik menga ko‘p narsa berdi. Uning yordamida charchamay o‘ynadim, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Meni Maradona deya olqishlay boshlashdi. Shu paytgacha u meni birma-bir siyladi. Ammo ayni damda barchasidan ayrilganman, hayotim izdan chiqib ketdi. Bunga ham narkotik sababchi. Uning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi».

«Ruhiy kasalliklar shifoxonasi? U yerga Napoleon borishi mumkin, San-Martin davolanib chiqar. Lekin menga hech qanday shifoxonaning, umuman, hech kimning yordami kerak emas, chunki men Maradonaman».

«Agar sizning o‘g‘il yoki qizlaringizning kumiri men bo‘lsam, bundan ortiq mukofotga da’vo qilmayman».

«Men — aktyorman. O‘z hayotimda yashayman. Aktyorlar ham shunday. Farqimiz shundaki, aktyorlarga ssenariy beriladi va ular shu ssenariyni o‘qib, rol ijro etishadi. Men esa hech narsani o‘qimayman! Hech qanday yo‘nalish yoki dastur kerak emas. Men xohlaganimcha yashayman».

«FIFAdagi aqllilar biznes yuritayotgan paytda tirik odamlar va futbolchilarni ko‘rmaydi. Kechirasizu, ularning rasizmga qarshi kurash olib borayotgani nomiga qilinayotgan islohot bilan tengdir».

«Men kashandaman?! Ehtimol, ammo men Maradonaman. Maradonaga aylangan insonning kashandalikka ruju qo‘yganini esa kechirsa bo‘ladi. Siz Maradona bo‘la olasizmi? Yo‘q. Demak, kashandaga aylanish ham siz uchun emas».

«Meni Messi bilan ko‘p solishtirishadi. Buning faqat bitta sababi bor, xolos, ya’ni ikkalamiz ham argentinalikmiz».

«Men hayotini barbod qilgan odamman. Ammo barbod qilganimda, ichim achiydigan darajada yaxshi yashaganim menga dalda beradi».

Nizomjon ISLOMOV tayerladi.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:56, 06.08.2017.
O'qildi: 5922 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.