Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Oliy liga. "Paxtakor" - "Neftchi" (prevyu)

Oliy liga. "Paxtakor" - "Neftchi" (prevyu)

Baho:
+ | -
Oliy liganing 17-turida "Paxtakor" Toshkentda "Neftchi"ni qabul qiladi.   Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to‘qnashuvi eng prinsipial qarama-qarshilik sifatida e’tirof etiladi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.   Jamoalar oliy ligada 51 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 23 g‘alaba, 8 durang va 20 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 81 to‘p kiritgan "sherlar" 66 to‘p o‘tkazib yuborishgan.   Klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.   "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:1, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.   Bellashuvni Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga Alisher Usmonov va Timur Gaynulin yordam berishadi.   "PAXTAKOR" – "NEFTCHI» Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), Shavkat Nasibullayev (Namangan). Nazoratchi: Gali Imomov (Toshkent).   Yoshlar tarkiblari bahsi "Jar" stadioni kichik maydonida 11 avgust, juma kuni 17:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini 12 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 19:00da start olishi rejalashtirilgan.
Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:15, 10.08.2017.
O'qildi: 4713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик