Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Paxtakor»ning homiylari qatorida tugatilgan «Kamolot» ko‘rinib qoldi

«Paxtakor»ning homiylari qatorida tugatilgan «Kamolot» ko‘rinib qoldi

Baho:
+ | -

«Paxtakor» futbol klubi 10 avgust kuni yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Matbuot anjumanidagi klub homiylari va hamkorlari aks etgan banner ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va sportga ixtisoslashgan saytlar e’tiborini tortdi.

Bannerlarda faoliyati 30 iyun kuni tugatilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining ham logotipi borligi foydalanuvchilardan savol tug‘dirdi (tugatilgan harakat o‘rnida, O‘zbekiston Prezidenti taklifiga ko‘ra, Yoshlar ittifoqi nomli yangi tashkilot tuzilgan).

«Superklubga aylanish yo‘lida katta miqdorda pul sarflab, yangi futbolchilar sotib olayotgan "Paxtakor"da bannerni almashtirish uchun pul yo‘qmi yo klub Prezident qaroridan bexabarmi?», — deb «Paxtakor»ga savol bilan murojaat qilgan saytlarning biri.

«Paxtakor» matbuot xizmati «ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining izohlarini qiziqish bilan o‘rganishi va ularning talablarini hisobga olishi»ni ma’lum qilib, jamoatchilikda paydo bo‘lgan savollar bo‘yicha tushuntirish berdi.

"Paxtakor" futbol klubi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan uzoq va foydali hamkorlik qilib keladi. Harakat ramzidan klubning barcha rasmiy tadbirlarida foydalanadi.
Yoshlar ittifoqi rahbariyatiga ramzni almashtirish yuzasidan murojaat etilganda, «Kamolot» harakatini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga aylantirish yuzasidan qaror qabul qilingach, tashkilotning yangi ramzini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilingani haqida javob olindi.
Bugungi kunda Yoshlar ittifoqi rahbariyati tomonidan takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Bu jarayonda eng ma’qul ramz tanlab olinadi. So‘ng u O‘zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

«Kamolot» bizning hamkorimiz hisoblanadi va, kelishuvga ko‘ra, biz uning ramzidan yangi ramz rasman tasdiqlanmaguncha turli reklama va rasmiy bannerlarimizda foydalanishimiz lozim.
Yangi ramz taqdim etilguniga qadar «Paxtakor» futbol klubi eski ramzdan foydalanib turadi. Rasmiy tasdiqdan so‘ng, bannerlarga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ramzi joylashtiriladi" - deyiladi «Paxtakor» FK bayonotida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:49, 13.08.2017.
O'qildi: 6093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик