Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Oliy liga. “Metallurg” – “Lokomotiv” (prevyu)

Oliy liga. “Metallurg” – “Lokomotiv” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liga 18-turida «Metallurg» – «Lokomotiv» o‘yini o‘tkaziladi.

“Lokomotiv” bekobodliklar uchun eng noqulay raqiblardan biri sanaladi. Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionati oliy ligasi doirasida bugunga qadar o‘zaro 25 bor maydonga chiqishgan bo‘lishsa, mazkur uchrashuvlardan faqatgina 3 tasida “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda tomonlar bitimga imzo chekishgan. 15 ta o‘yinda esa omad temiryo‘lchilar tomonida bo‘lgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 20:49, toshkentliklar foydasiga.

O‘tgan yili birinchi marta chempionlikka erishgan “Lokomotiv” aynan “Metallurg”ga qarshi uy o‘yinidan keyin rasman chempionlik tantanalarini boshlab yuborgandi. Ammo Bekoboddagi uchrashuvda temiryo‘lchilar jiddiy raqobatga duch kelishgandi. Uchrashuv jangovor durang – 3:3 natijasi bilan yakunlangandi.

Bu yil birinchi davrada Toshkentda kechgan o‘yinda hisobni ma’danchilar ochgan bo‘lsa-da, ikkinchi taymda maydon egalari ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dirib olishgan va 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Javob uchrashuvi ham temiryo‘lchilar uchun oson bo‘lmasligi aniq.

Quyida mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi besh uchrashuvi natijalari bilan tanishing:
25.06.2016 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 3:3
12.03.2015 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
29.03.2014 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:4
05.05.2012 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:1
05.08.2010 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:0


O‘zPFL hakamlar qo‘mitasi mamlakat milliy chempionatining 18-turida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra “Metallurg” – “Lokomotiv” jamoalari uchrashuvida toshkentlik Hasan Ro‘ziyev boshchiligidagi hakamlar faoliyat olib borishadi. H.Ro‘ziyevga qanotlarda Olimjon Abduvosilov hamda Sanjar Shoyusupovlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam Olim To‘ychiboyev bir kun muqaddam yoshlar tarkiblari uchrashuvida bosh hakam sifatida ham faoliyat yuritadi.

«Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), O. Tuychiboyev (Farg‘ona)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: V. Lyotkin.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 11:06, 16.08.2017.
O'qildi: 2300 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик