Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Markos Lyorente boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bunga “Real”dagi o‘zaro raqobat sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, shu paytga qadar Zidan va Peres Mateo Kovachichni transferga qo‘yishga qaror qilishgandi. Biroq el-klasikodagi o‘yinlardan keyin bu qarorlarini o‘zgartirishdi. Oqibatda Lyorente asosiy tarkibdan joy ololmasligi oydinlashmoqda.
Ayni damda Lyorentega “Sevilya” qiziqmoqda. “Real” Lyorenteni ijaraga berishi mumkin.