Dani Sebalyos «Real» kiyinish xonasidagi «ayg‘oqchilardan» biri bo‘lishi mumkin.
Estadio Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachi Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde o‘rtasidagi mojaro haqida «Real»dan tashqaridagi shaxslarga batafsil so‘zlab bergan. Ushbu nizo yakunda mashg‘ulot vaqtida futbolchilarning mushtlashib ketishiga sabab bo‘lgan edi.
Qayd etilishicha, madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Sebalyosni kiyinish xonasidagi ichki ma’lumotlarni matbuotga «sizib chiqishi»da gumon qilmoqda. Futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi kelishmovchilik Sebalyos Arbeloaning u haqida salbiy fikr bildirganini bilib qolganidan so‘ng boshlangan. Arbeloa shu yozda Danini sotib olmoqchi bo‘lgan klublardan birining vakili bilan suhbatda u haqida noxush gaplarni aytgan. Arbeloa 24 aprel kuni «Betis»ga qarshi o‘yin (1:1) qaydnomasiga Sebalyosni kiritmaganidan so‘ng, ular o‘rtasidagi munosabatlar butunlay uzilgan.













