Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston o‘smirlar termasi Polshadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston o‘smirlar termasi Polshadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 28 avgust – 3 sentyabr kuni Polshada bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Syrenka Cup nomli xalqaro turnirda O‘zbekiston o‘smirlar termasi bilan birgalikda mezbon Polsha, shuningdek, Vengriya, Belgiya, Norvegiya, Portugaliya, Ruminiya va Ukraina U-16 terma jamoalari ishtirok etadi.

Dilshod Nuraliyev shogirdlari “A” guruhidan o‘rin oldi va ilk turda Belgiya o‘smirlariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur juftlik g‘olibi Polsha – Vengriya g‘olibi bilan kuch sinashadi. O‘z navatida mag‘lub jamoalar o‘zaro bellashadi.

“B” guruhda Norvegiya – Portugaliya va Ruminiya – Ukraina juftligi g‘oliblari va yengilgan jamoalar o‘zaro bahslashadi. Dilshod Nuraliyev mazkur turnirga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Quyida futbolchilar bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Mo‘minmirzo Qodirov, Shukron Yo‘ldoshev;

Himoyachilar: Miraziz Saidov, Xurshid Ubaydullayev, Doniyor Sobirov, Jasur Abdulbekov, Rustamxon Azimov, Xojimat Erkinov, Shoxjahon Sultonmurodov, Javohir Jo‘rayev, Xushnudbek Bozorov;

Yarim himoyachilar: Mironshox Sattarov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Alisher Odilov, Diyor Ramazonov, Bekzod Shamsiyev;

Hujumchilar: Igor Chikrizov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston o‘smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:43, 22.08.2017.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик