Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘qimaganlar uchun eng qiziq latifa! (bu shunchaki hazil)

O‘qimaganlar uchun eng qiziq latifa! (bu shunchaki hazil)

Baho:
+-2 | -

Jahon chempinati saralashining so‘nggi bosqichni yana-da yaxshiroq o‘tkazishni niyat qilgan Samvel Babayanning boshi qotibdi. Nima qilsa ekan? Nihoyat yechim topibdi, borib, Luis Enrikedan maslahat so‘raydi. Axir aynan shu Luis Enrike oxirgi yillarda juda ko‘p sovrinlarni yutib oldi. Bejizga emasdir?

Bu fikr terma jamoalar markaziga ham yoqib tushibdi va zudlik bilan Babayanni Ispaniyaga jo‘natib yuborishibdi.

— Luis, uka, senga qoyil. O‘yinlaringni ko‘rib, juda zavq olaman.

— Rahmat.

— To‘g‘risi, mening jamoam ham «Barselona»dek o‘ynashini orzu qilaman. Maslahat bersang-chi, nima qilsam, xuddi sizlardaqa o‘ynay olamiz?

— Buni yo‘li oson, — debdi Luis Enrike.

— Xo‘sh?

— Asosiy tarkibga o‘yinchi tanlayotganda nimalarga e’tibor berasan?

— Masalan, futbolchining legioner ekaniga. «Paxtakor»da o‘ynaydigan bo‘lsa ham, yaxshi sabab. Yoshroq bo‘lsa, yanayam yaxshi, nomi chiqsa, chet elga sotib yuborish mumkin.

Luis Enrikening yuzi qizarib ketibdi va katalonchasiga bir nimalar deb g‘uldirabdi.

— Unaqa bo‘lmaydi-da, — debdi Babayanga qarab, — masalan, men futbolchilarning aqliy qobiliyatlariga ham alohida e’tibor qarataman. Aqlli futbolchilar taktikani ham yaxshi tushunadilar.

— Zo‘r-ku?! Rahmat!

Shunday deb, Babayan ketib qolibdi. Lekin yarim yo‘ldan yana qaytib ketibdi. Terma jamoalar markazi yarim yo‘lning chiptasini ham tashkil qilib beribdi. Ularga ham rahmat aytamiz.

— Luis, lekin men ularning qaysi biri aqlli ekanini qayerdan bilaman?

— Buni yo‘li oson! — debdi Enrike va oldiga Busketsni chaqiribdi. — Mana, Buskets — jamoamdagi eng aqlli o‘yinchilardan biri. Men unga mantiqiy savol beraman va javobiga qarab, aniqlashim mumkin.

— Qani, ko‘raylik-chi...

— Serxio, menga aytchi, — Busketsga yuzlanibdi Enrike, — dadangning o‘g‘li, lekin sening akang ham emas, ukang ham emas. U kim?

— Kim bo‘lardi, men, — deb javob beribdi Buskets.

— Qoyil! — debdi Luis Enrike.

— Qoyil, — debdi Babayan.

Murabbiyimiz xursand bo‘lib uyga qaytibdi. Zudlik bilan oldiga Stanislav Andreevni chaqiribdi.

— Stas, menga qara, bo‘ldi, hammasi o‘zgardi, endi terma jamoada o‘ynashga loyiq ekaningni isbotlashing kerak.

— Xo‘p, ustoz, nima qilishim kerak?

— Endi tarkibni yangi uslubga ko‘ra tanlaymiz. Hamma o‘yinchilarga mantiqiy savol berib, to‘g‘ri javob berganlarni tarkibga olamiz, tushundingmi? Senga savol: dadangning o‘g‘li, lekin akang ham emas, ukang ham emas, u kim? Vaqt ketdi.

Stanislav Andreev juda ko‘p o‘ylabdi. O‘ylayverib-di, o‘ylayveribdi. Murabbiy unga ertagacha muhlat berib, chiqarib yuboribdi.

O‘yga cho‘mgan Andreev yo‘lda ketayotsa, Geynrix turganmish.

— Eh, Sasha, seni menga xudoning o‘zi yetkazdi.

— Tinchlikmi, Stas?

— Samvel aka menga bitta savol berdi. Juda qiyin ekan. Shuni topa olmasam, terma jamoaga chaqirmasmish. Boshim qotib ketyapti.

— Xo‘sh, qanaqa savol ekan?

— Qara, dadangning o‘g‘li, lekin sening akang ham emas, ukang ham. Kim u?

— Eh, shuniyam bilmadingmi? Kim bo‘lardi, men-da.

— Qoyil, — debdi Andreev va Babayanning oldiga yugurib ketibdi.

— Topdim, ustoz, topdim! — deya baqir-chaqir qilib kelibdi Andreev.

Babayan bilan Asqar Tolibjonov bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlarini muhokama qilib, ya’ni choy ichib o‘tirgan ekanlar.

— Ha, namuncha, tinchlikmi?

— Ustoz, boyagi savolingizga javobni topdim.

— Yo‘g‘-e, malades, ayt-chi, dadangning o‘g‘li, lekin senga aka ham emas, uka ham, qani kim u?

— Geynrix, ustoz, Geynrix!

Babayanning istimasi ko‘tarilib ketibdi. «Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi» filmidagi shohga o‘xshab baqiribdi:

— Yo‘qo-o-o-o-o-o-o-o-o-o-o-lll!!!

Stanislav Andreev qochib ketibdi.

— Ha, Samvel, tinchlik-mi?

— Qaramaysizmi, Asqar aka buni. Geynrixmish, axir to‘g‘ri javob Buskets-ku!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:11, 30.08.2017.
O'qildi: 12895 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.