Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Pirlo, De Xea, Chex kabi yulduzlar yoshlar olimpini qanday zabt etishgani haqida

Pirlo, De Xea, Chex kabi yulduzlar yoshlar olimpini qanday zabt etishgani haqida

Baho:
+ | -

Polshada o‘tgan U-21 toifasidagi Yevro-2017da Germaniya futbolining yoshlar tizimi ikkinchi tarixiy g‘alabani tantana qildi.

Bu bilan nemislar yosh iste’dodlarni tayyorlash mexanizmi naqadar muhimligini yana bir karra isbotlashdi.

Soccer.ru sayti esa shu bahona Andrea Pirlo, David de Xea va Petr Chex kabi yulduzlar vaqtida yoshlar olimpini qanday zabt etishganini yodga oldi.

2000 yil. Italiyaga kim «oltin» tortiq etdi?

O‘tgan asrning 90-yillarida ital-yanlar yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida naq 3 marta g‘oliblik nashidasini surishdi. Ular keyinchalik 2000 va 2004 yillarda ham yana 2 bora turnir taxtiga ko‘tarilishdi.

Tarix uchun qisqa vaqt ichida 5ta g‘alaba - bu «A» seriyasining naqadar kuchliligiga dalolat edi, shuning barobarida italyan jamoalarining «ko‘hna qit’a» kuboklaridagi g‘alabalari bejiz emasligini ko‘rsatdi.

Umuman, «skuadra» hamisha yangi yulduzlar kashf etishi bilan ajralib turgan. Ha, kattalar termasi uzoq vaqt g‘oliblikdan bebahra qolgan, xususan, Yevro-2000da ham «oltin» yutolmagandi.

Ammo Marko Tardelli tuzgan yoshlar termasi tarkibi chindan ham havas uyg‘otgandi: Morgan de Sanktis, Kristian Abbyati, Jennaro Gattuzo, Simone Perrotta, Franchesko Koko, Kristian Zanetti...

Ke-yinchalik o‘sha 20 yoshli yigitlar yuqori darajaga ko‘tarildilar. Umuman, Yevro-2000da Denni Merfi, Jeymi Karrager, Stiven Jerrard (Angliya), Joan Kapdevila, Karlos Marchena, Karles Puyol, Xavi (Ispaniya), Dirk Kuyt, Mark van Bommel (Gollandiya) kabi bo‘lajak yulduzlar javlon urishgandi.

Finalda esa Andrea Pirlo «dubl» qayd etgandi. U oradan bor-yo‘g‘i 6 yil o‘tgach, Jennaro Gattuzo va Simone Perrottabilan birga jahon chempioniga aylandi!

2002 yil. Katta yulduz   bo‘lolmagan yulduzchalar

Chexiyalik qahramonlar - Petr Chex, Martin Yiranek, Zdenek Grigera va Milan Barosh finalda penaltilar bo‘yicha Mikael Landro, Sidney Govu, Stid Malbrank va Benua Pedrettisi bor Fransiya termasini dog‘da qoldirishdi. Italiyalik Massimo Makkarone esa turnir bosh to‘purari bo‘ldi. Ammo bu yigitlarga Petr Chexday cho‘qqilarni zabt etish nasib qilmadi.

Ular loaqal Milan Barosh kabi sov-rinlar yutisholmadi. Garchi yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida italiyaliklar yoki ispanlar emas, chexlar g‘alaba qozongan bo‘lsalarda, turnir bo‘lg‘usi yulduzlar va kuchli o‘rinbosarlarni kashf etdi.

Misol uchun, kattalar o‘rtasidagi Yevro-2004 finalida Gresiya termasi emas, aynan chexlar o‘ynashlari mumkin edi. Biroq ular o‘ta kuchli sanalishsada, «sensasiya»ga yo‘l qo‘yib berishdi.

E’tibor bering, o‘sha turnirda Chexiya milliy jamoasi «zayavka»sidan yoshlar o‘rtasida qit’a chempioni bo‘lgan Petr Chex, Zdenek Grigera, Martin Yiranek, Tomash Xyubshman, David Rozegnal va Milan Barosh joy olishgandi.

2004 yil. Lippidan yoshlar    chempionatiga hurmat...

Klaudio Jentile boshchiligidagi yosh italyanlar bu safar finalda Serbiya va Chernogoriya termasini 3:0 hisobida tor-mor etishdi. Hal qiluvchi bahsning 90}2-daqiqasida Branislav Ivanovich qizil kartochka olgandi. Chempionatda Aleksandr Glebva Bastian Shvaynshtayger kabi bo‘lajak yulduzlar ishtirok etishdi.

Endi g‘olib - Italiya jamoasi tarkibiga nazar solsak, Yevro-2004 finalida yana 2 yildan so‘ng mundialda g‘olib chiqqan 5 nafar futbolchi to‘p surgandi - Marko Amelia, Kristian Zakkardo, Daniele de Rossi, Alberto Jilardino va Andrea Barsali. Ha, Marchello Lippi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati qahramonlariga ishonib, adashmagandi.

2000 yilgi g‘oliblar - Andrea Pirlo, Jennaro Gattuzo va Simone Perrottani ham hisobga qo‘shsak, italyanlar chempionlik ruhini yoshlar o‘rtasidagi 2ta turnir yordamida shakllantirishgani oydinlashadi.

To‘g‘ri, ularning hammalari ham Germaniya mundialida «skuadra»ning asosiy tarkibida maydonga tushishmadi, ammo terma asosini final nafasini tuyganlar tashkil qilishdi va bu ruhiy tomondan o‘ta muhim sanaladi.

2006 yil. JCH-2010 finaliga nishona

Albatta, yoshlarning o‘z toifalarida muvaffaqiyatga erishishlari kattalar termasi g‘alabalariga kafolat emas. Mana, chexlar kattalar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘lishmadi, baribir, Yevro-2006 finalida o‘ynagan ukrainlar ham keyinchalik milliy jamoada karomat ko‘rsatolmadilar.

To‘g‘ri, Andrey Pyatov, Dmitriy Chigrinskiy, Aleksandr Aliyev, Taras  Mixalik kabi yigitlar ozmi-ko‘p mashhurlikka erishganlari ham ayni haqiqat. Shuningdek, Portugaliya termasi tarkibida Raul Meyrelesh, Rikardu Kuarejma, Manuel Fernandesh, Joai Moutinyo va Nani alohida ajratib turishgandi.

Fransuzlar jamoasida ham akademiyaning samarali faoliyatini isbotlagan yigitlar ko‘zga tashlanishdi - Stiv Mandanda, Bakari Sanya, Lass Diarra, Jeremi Tulalan va Matyo Flamini.

Chempionlar -  Klas-YAn Xuntelar, Romeo Kastelen, Ron Vlaar, Demi de Zeuv va Ibrohim Afellay ijrosidagi o‘yinlar esa Gollandiya milliy jamoasining JCH-2010 finaliga chiqishiga ilk nishona edi.

2007 yil. Yana «lolarang»  terma, faqat...

Finalda yana o‘ta kuchli o‘yin namoyish etildi - serblar 1:4 hisobida yengilishdi. 3 yildan keyin JAR mundialida porlagan gollandlar haqida esa istagancha gapirish mumkin. Ammo na ular va na boshqa yoshlar yulduzlari chaqnadi. Royston Drente, Rayan Babel, Tim Krul, Otman Bakkal, Xedliges Maduro, Xaris Medunjanin...

Gollandiya milliy termasining JCH-2010ga bergan «zayavka»siga e’tibor qarating: Mishel Vorm, Jon Xeytinga, Edson Brafxeyd, Nayjel de Yong, Demi de Zeuv, Steyn Sxars, Ibrohim Afellay, Rafael van der Vart, Robin van Persi, Aryen Robben, Klas-YAn Xuntellar, Uesli Sneyder - bitta avlod vakillari.

Shunchaki, Aryen Robben va Uesli Sneyder kabi yigitlar yulduzlik maqomini erta kunda olishgani sababmi, yoshlar chempionatida o‘ynashmagan. Fakt shuki, yoshlarni tayyorlash tizimi a’lo darajada ishlagani tufayli gollandlar JAR mundiali finaliga chiqishdi!

2009 yil. Nemislar tarkibida Braziliya termasini «tiz cho‘ktirganlar»

2008 yildan Germaniya bosh jamoasi katta turnirlar final va yarim finallariga yo‘l olishni odat qildi. Ammo nemis yoshlari o‘z miq-yoslarida zafar quchishni keyinroq boshlashdi. Tabiiyki, 2009 yilgi U-21 jamoasi tarkibiga nazar solish qiziqish uyg‘otadi.

Zero, unda bir qator tanish nomlarni uchratish mumkin: Manuel Noyer, Gonsalo Kast-ro, Marsel Shmelser, Mats Xummels, Benedikt Xyovedes, Jerom Boateng, Sami Xedira, Mesut Ozil... Yana Fabian Jonson ham bor, biroq u keyinchalik fuqaroligini almashtirib, AQSH termasida o‘ynay boshladi. Oddiy aytganda, Yoaxim Lyov JCH-2014 «zayavka»siga Yevro-2009ning 6 nafar chempionini qo‘shdi.

Bu ro‘yxatga Tomas Myuller kiritilmagan, chunki u yoshlar termasida Manuel Noyer va Mesut Ozilga nisbatan keyinroq debyut qilgandi, shunga qaramay, Braziliya mundialida chinakamiga nur sochdi.

Ha, yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati o‘yinlari va kattalar termalari o‘rtasida bog‘liqlik kuchliligi kishini quvontirish barobarida cho‘chitadi ham qaysidir ma’noda.

2011 yil. Ispaniyada yangi superjamoa tayyorlash harakati

Tushunarliki, Xavi, Andres Inyes­ta, Serxio Ramos va Jerar Pike avlodiga abadiy suyanib bo‘lmaydi, buning iloji yo‘q. Ispanlar ixtiyorida shundoq ham katta yoshli yulduzlar yetarli va ularning barqaror o‘yinlari «qizil furiya» muxlislarida ishonch bag‘ishlamoqda. Ammo iste’dodlar har doim ham kutilgan darajaga yetisholmaydi.

David de Xea, Ander Errera, Xuan Mata, Sesar Aspilikueta, Xavi Martines va Tyago Alkantara ayni payt katta klublarda o‘ynashmoqda va 6 yil davomida sezilarli o‘sishga erishishgani ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Biroq Iker Muniain, Emilio Nsue (u hozir Ekvatorial Gvineya termasida o‘ynayapti), Diyego Kapel, Mikel San Xose va Adrian ham o‘z faoliyatlarini nisbatan muvaffaqiyatliroq rivojlantirishlari mumkin edi.

Nima bo‘lganda ham, Yevro-2011da zamonaviy «qizil furiya»ga poydevor qo‘yildi. Shuningdek, Kris Smolling, Fil Jons, Jordan Xenderson, Denni Rouz va Kayl Uoker (Angliya), yana Yevro-2016da «yongan» bir guruh islandlar misolida ham yoshlar ustida ishlash foydadan xoli emasligini ko‘rish mumkin.

2013 yil. Ispan klublari yurishiga poydevor

Isko, Dani Karvaxal, Alvaro Morata, Tyago Alkantara, Koke, David de Xea va Nachoni nima birlashtirib turadi? Ularning har biri yevrokuboklar finalida to‘p surgan. Faqat David de Xea ELda, qolganlar CHLda. Xullas, «MYU», «Atletiko» va «Real» uchun ahamiyatli bu yigitlar 4 yil oldin Yevro-2013da bitta jamoa bayrog‘i ostida yig‘ilishgandi - Italiya termasi ustidan yana bir bor 4:2 hisobida g‘alaba qozonish, «qizil furiya»da futbolchi tanlash tanlovi kengligini ko‘rsatish uchun.

2015 yil. Shvesiya termasi kelajami porloqmi?

Skandinavlar Chexiyadagi turnirda odatiy favoritlarni ortga surib qo‘yishdi. Oradan atigi 2 yil o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha yosh iste’dodlardan katta yulduzlar yetishib chiqishini bashorat qilish mumkin.

Shvedlarda hattoki, Zlatan Ibragimovichsiz ham kuchli jamoa shakllantirish imkoniyati katta. To‘g‘ri, hozircha birgina Viktor Lindelyof nimagadir sha’ma qilishga ulgurdi, xolos. O‘zingiz baho bering, final o‘yinini boy bergan Portugaliya termasi tarkibida Rafael Gerreyru, Villiam Karvalyo, Joao Mariu va Bernardu Silva  to‘p surishgandi. Shunday ekan, shvedlarning hali yoppasiga bosh ko‘tarishlarini kutish mumkin.

2017 yil. Yana nemislar, yana hujum mukofoti

Germaniya yoshlar termasi yangi asrda 2-marta taxtga chiqdi. Bundestimning Yevro-2000dagi inqirozidan keyin mamlakatda yoshlarni tayyorlash tizimi bo‘yicha katta islohotlarga qo‘l urilgani samara berdi.

Polshada «Xoffenxaym» himoyachisi Jeremi Tolyan samarali uzatmalari bilan e’tiborga tushdi, Maks Mayer, Maksimilian Arnold, Serj Gnabri va Deli Zelke ham binoyidek to‘p surishdi.

Darvoqe, ispan Dani Sebalyos turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Aslida Ektor Belyerin, Saul Nyeges, Jerar Deulofeu va Marko Asensio ham undan qolishmadilar. Ha, bu kabi turnirlarda iste’dodlar chinakamiga toblanishadi!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 03.09.2017.
O'qildi: 3313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.