Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Isroil termasi sardori Eran Zaxavi jamoadan haydaldi

Isroil termasi sardori Eran Zaxavi jamoadan haydaldi

Baho:
+ | -

Isroil milliy termasi sardori Eran Zaxavi jamoadan haydaldi.

JCH—2018 saralashining 7-turida isroillik futbolchilar Makedoniyani qabul qilib, kutilmaganda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Butun uchrashuv davomida mahalliy muxlislar isroillik futbolchilarga norozilik bildirib, hushtak chalib turdi.

Bundan g‘azablangan Eran Zaxavi sardorlik bog‘ichini yechib, uni otib yubordi. Mazkur holat ishqibozlarni yanada junbushga keltirdi va ular jamoa sardorini termadan chetlatishni talab qila boshladi. Isroil futbol assosiasiyasi esa muxlislar talabini qondirdi.

"40 yildan buyon Jahon Chempionatiga chiqa olmaymiz. 40 yildan buyon oldinga intilish ko‘rinmaydi. Shunday bir paytda hushtaklarni eshitib, yuragim qinidan chiqib ketay dedi" - dedi Eran Zaxavi, Isroil termasining sobiq sardori.

Futbolchining o‘zi Instagram sahifasida chiqish qilib, terma jamoadagi karyerasini yakunlagani va milliy jamoada boshqa maydonga tushmasligi haqida aytib o‘tdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:48, 04.09.2017.
O'qildi: 4123 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик