Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi prevyusi

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi so‘ngi – 10-turida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi bahs olib boradi. JCH yo‘llanmasi hal bo‘ladigan mazkur uchrashuv oldidan O‘FF matbuot xizmati jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar statistikasi, yo‘qotishlar va uchrashuv rasmiylari haqida ma’lumot beradi.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi bugun, 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar

Jamoalar bugungi kunga qadar 14 uchrashuvda to‘qnash kelgan. O‘zbekiston termasi atigi 1 marta, 1994 yilgi Osiyo o‘yinlari yarim finalida koreyaliklarni mag‘lubiyatga (1:0) uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘shanda jamoalar birinchi bor bir-biriga ro‘baro kelgandi.

Janubiy Koreya termasi 14 uchrashuvdan 10 tasida zafar quchgan bo‘lsa, 3 o‘yinda durang qayd etilgan. Quyida jamoalar o‘rtasidagi oxirgi 5 o‘yinda qayd etilgan natijalar bilan tanishing.

11.09.2012 O‘zbekiston – Janubiy Koreya 2:2 | JCH–2014 saralashi

11.06.2013 Janubiy Koreya – O‘zbekiston 1:0 | JCH–2014 saralashi

22.01.2015 Janubiy Koreya – O‘zbekiston 2:0 | Osiyo Kubogi–2015, chorak final

27.03.2015 Janubiy Koreya – O‘zbekiston 1:1 | O‘rtoqlik o‘yini

15.11.2016 Janubiy Koreya – O‘zbekiston 2:1 | JCH–2018 saralashi

Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bahsda Janubiy Koreya JCH–2018 saralashi doirasida o‘z maydonida O‘zbekistonni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgadi.

Yo‘qotishlar

O‘zbekiston terma jamoasi safida Marat Bikmayev bo‘lajak o‘yinda maydonga tusha olmaydi. “Lokomotiv” a’zosining sariq kartochkalari to‘planib qolganligi bois u diskvalifikasiyaga uchradi.

Janubiy Koreya termasi safida katta ehtimol bilan “Suonsi” yarim himoyachisi Ki Son Yon maydonga tusha olmaydi. 28 yoshli futbolchi jarohatidan butunlay tiklanib ulgurmagan. 

Uchrashuv rasmiylari

Singapurlik Muhammad Taqi al-Ja’fariy bin Jahariy bosh hakami bo‘lib ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Tzu Liang Li va Min Kiat Ronni Ko yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Xu Chuan Fu bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi etib bahraynlik Jasim Muhammad Mahmud Abdulkarim tayinlandi. Uchrashuv komissari – Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni).

Guruhdagi vaziyat

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi 9-turidan keyin JCHga yo‘llanma olgan Eron hisobida 21 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onada borayotgan Janubiy Koreya hisobida 14 ochko bor. Suriya 12 ochko va +1 ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘ridan joy oldi. O‘zbekiston termasi 12 ochko va -1 to‘plar nisbati bilan 4-o‘rinda bormoqda. Guruhda 5–6 o‘rinlarni mos ravishda Xitoy (9 ochko) va Qatar (7 ochko) egallagan.

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Eron 9 6 3 0 8-0 21
2 Janubiy Koreya 9 4 2 3 11-10 14
3 Suriya 9 3 3 3 7-6 12
4 O‘zbekiston 9 4 0 5 6-7 12
5 Xitoy 9 2 3 4 6-9 9
6 Qatar 9 2 1 6 7-13 7

“A” guruhi 10-turning qolgan o‘yinlari

Yuqorida ta’kidlanganidek, saralash bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston termasi o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi. Qatar o‘z uyida Xitoyga qarshi bahs olib borsa, Suriya Tehronda Eron bilan kuch sinashadi. Barcha o‘yinlar bir vaqtda boshlanadi.

JCH–2018 saralashi

“A” guruhi, 10-tur

20:00 O‘zbekiston – Janubiy Koreya

20:00 Qatar – Xitoy

20:00 Eron – Suriya

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:56, 05.09.2017.
O'qildi: 9982 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.