Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Andijon" navbatdagi uchrashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

"Andijon" navbatdagi uchrashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Ertaga, 6 sentyabr kuni Birinchi ligada navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan andijonliklar 24-turni ham o‘z maydonida o‘tkazadi.

"Burgutlar"ning bu safargi raqibi Qarshining "Nasaf-2" jamoasi bo‘ladi. "Surxon" bilan o‘yindan so‘ng yigitlarga dam berilmadi. Sababi ertaga navbatdagi o‘yin kutib turibdi. Shu bois kecha futbolchilar o‘yindan keyingi tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Tayyorgarlik "Sog‘lom avlod" stadioni maydonida kechmoqda. Markaziy himoyachi Hamza Karimov qo‘lidan olgan jaroxati sababli mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Diskvalifikasiya tufayli o‘tgan uchrashuvda maydonga tushmagan Oybek Nurmatov bilan Ibrohim Otaxonov bo‘lajak bahsga astoydil hozirlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ertaga "Andijon" - "Nasaf-2" uchrashuvi "Sog‘lom avlod" stadionida soat 17:00da boshlanadi. O‘yinga kirish chiptalari stadion kassalarida sotilmoqda.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 10:30, 05.09.2017.
O'qildi: 3176 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик