Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Sara darg‘alarning futboldagi faoliyati

Sara darg‘alarning futboldagi faoliyati

Baho:
+ | -

Soccer.ru sayti blogeri Yevropa top-klublari murabbiylarining futbolchilik faoliyati haqida hikoya qiladi.

1. «Real»

Zayniddin Zidan (Fransiya) 1972

Futbolchilik faoliyati: 1988-2006

Ampluasi: hujumkor yarim himoyachi, chap qanot yarim himoyachisi

O‘ynagan jamoalari: «Kann»-1988-1992; «Bordo»-1992-1996; «Yuventus»-1996-2001; «Real»-2001-2006 yillar.

Klub miqyosidagi natijalari: ECHLning 2001|2002 yillar mavsumidagi g‘olibi, final bahsida «Bayer» darvozasiga urilgan g‘alaba goli muallifi.

Terma jamoadagi faoliyati: 108ta o‘yin, 31ta gol.

Natijalari:  jahon chempioni-1998 (Braziliya bilan bo‘lgan final uchrashuvida 2ta gol muallifi); Yevropa chempioni-2000 yil. Bundan tashqari, Yevro-96, JCH-2002, Yevro-2004, JCH-2006 ishtirokchisi.

Ko‘plab uchrashuvlarda «uchranglilar»ni sardor sifatida maydonga olib tushgan. Zizu ortiqcha maqtovga muhtoj emas - asli kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan o‘g‘lon futbolchilik davrida 15ta jamoaviy va ko‘plab individual sovrinlarga sazofor bo‘lgan chinakam superyulduz.

Taqdir saxovatliroq bo‘lganida Zidan yanada ko‘proq mukofotlar sohibiga aylanardi: 2ta boy berilgan YECHL turniri finallari (1996|1997, 1997|1998, Fransiyaning imkoniyatlarini pasaytirib yuborgan JCH-2006 finalidagi mashhur qoidabuzarlik, faoliyatining sakkiz yilini yuksak natijalarga da’vogarlik qilmaydigan kamtarin jamoalarda o‘tkazganligi...).

Qisqasi, Zidan eng nufuzli «shalpangquloq» kubokka futbolchi va murabbiy sifatida sazovor bo‘lgan yetti baxtiyor insonning biri.

2. «Bavariya»

Karlo Anchelotti (Italiya) 1959

Futbolchilik faoliyati: 1976-1992

Ampluasi: markaziy yarim himoyachi

O‘ynagan jamoalari: «Parma»-1976-1979; «Roma»-1979-1987; «Milan»-1987-1992 yillar.

Klub miqyosidagi natijalari: ECHL turnirining ikki karra (1988|1989, 1989|1990) g‘olibi

Terma jamoadagi faoliyati: 26ta o‘yin, bitta gol.

Yevro-88 va JCH-90 ishtirokchisi, JCH-86da «Skuadra Adzurra» tarkibidan joy olgan bo‘lsada, maydonga tushmagan. Faoliyatidagi yagona golni esa debyut uchrashuvida Gollandiya terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan.

«Karlo ota»ning faoliyati bir maromda yuksalish bilan o‘tdi: 27 yoshida terma jamoadan taklif oldi, dastlabki mundialda maydonga tushmagan bo‘lsada, ke­yingi Yevro va JCHda to‘liq ishtirok etdi. Iqtidorli yarim himoyachi 12ta (uchtasi xalqaro miqyosda) sovrinni qo‘lga kiritgan. U ham xuddi Zidan singari YECHL kubogiga ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ega chiqqan.

3. «Barselona»

Ernesto Valverde (Ispaniya), 1964

Futbolchilik faoliyati: 1983-1997

Ampluasi: markaziy hujumchi

O‘ynagan jamoalari: «Alaves»-1983-1985; «Barselona»-1985-1986; «Espanyol»-1986-1988; «Barselona»-1988-1990; «Atletik»-1990-1996; «Malyorka»-1996-1997 yillar.

Klub miqyosidagi natijalari: kubok egalari kubogi sohibi-1988|1989 yillar mavsumi.

Terma jamoadagi faoliyati: Ispaniya terma jamoasi tarkibida bir marta maydonga tushgan Yevro-92ning Islandiyaga qarshi saralash bellashuvida 19 daqiqa to‘p surgan.

Valverde asosan «Espanyol»dagi faoliyati evaziga jamoatchilikka tanildi. Bu jamoa bilan 1987|1988 yillar mavsumida UYEFA kubogining finaliga yetib bordi.

Keyingi ikki mavsumni «Barselona»da o‘tkazgan. Chiki Begiristayn va Gari Linekerga raqobatchi bo‘lgani bois, Ernesto muntazam maydonga tushish imkoniga ega emasdi. Bisotidagi ikki sovringa u aynan shu jamoada, buyuk Yoxan Kroyff rahbarligida sazovor bo‘ldi.

4. «Atletiko»

Diyego Simeone (Argentina) 1970

Futbolchilik faoliyati: 1987-2006

Ampluasi:  tayanch, so‘l qanot yarim himoyachisi

O‘ynagan jamoalari: «Veles Sarsfild»-1987-1990; «Piza»-1990-1992; «Sevilya»-1992-1994; «Atletiko»-1994-1997, 2003-2005; «Inter»-1—7-1999; «Lasio»-1999-2003; «Rasing»-2005-2006 yillar.

Klub miqyosidagi natijalari: UYEFA kubogi sohibi-1997|1998

Terma jamoadagi faoliyati: 108ta o‘yin, 11ta gol

Natijalari: Amerika kubogining ikki karra sohibi-1991, 1993; Qirol Fahd kubogi (1992) va Artemio Franki kubogi sohibi-1993. Shuningdek, Amerika kubogi (1995, 1999), JCH (1994, 1998, 2002), Olimpiada-96 turnirlari ishtirokchisi. Olimpiadaning kumush medallarini qo‘lga kiritgan.

Jamoadoshlari va muxlislar orasida «El Cholo» hamda «Avliyo» laqablariga loyiq ko‘rilgan Diyego maydonda murosasiz jangchi edi. U jamoa muvaffaqiyati uchun bor kuch-mahoratini sarflardi.

Simeone faoliyati davomida 10ta sovringa sazovor bo‘lgan. Ularning to‘rttasi Argentina termasi bilan hamkorlikda qo‘lga kiritilgan.

5. «Yuventus»

Massimiliano Allegri (Italiya), 1967

Futbolchilik faoliyati: 1984-2003

Ampluasi: markaziy yarim himoyachi

«Keksa sinyora»ning amaldagi bosh murabbiyi hammasi bo‘lib 11ta klubda to‘p surgan - «Piza», «Peskara», «Kalyari», «Perudja» va «Napoli» jamoalari tarkibida «A» seriyasi bahslaridan bahramand bo‘lgan.

Klub miqyosidagi natijalari: «A» seriyada to‘qqizinchi o‘rin («Kalyari»-1994|1995 yillar mavsumida).

Ochig‘i, Allegri o‘yinchilik faoliyati bilan maqtana olmaydi. 1992|1993 yillar mavsumida «Peskara»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. 1998 yildan keyingi faoliyati «V» seriyada o‘tdi.

Chunki u to‘p surgan beshta jamoa­ning to‘rttasi quyi divizionga tushib ketgandi. Elitada «jon» saqlab qolish faqat «Kalyari»ga nasib etdi. Taajjubki, murabbiy Allegrining dastlabki muvaffaqiyatlari loyihasi ham Sardiniya klubida amalga oshirildi.

6. «PSJ»

Unai Emeri (Ispaniya), 1971

Futbolchilik faoliyati: 1990-2004

Ampluasi: markaziy himoyachi

Elitadagi yagona mavsumni (1995|1996) Emeri «Real Sosyedad» safida o‘tkazdi. Beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. Unai - futbolchilar sulolasining uchinchi avlodi.

Bobosi va otasi professional o‘yinchi bo‘lishgan. Emerining asosiy faoliyati Segundada o‘tgan. 2004 yili jiddiy jarohat olib, faoliyatini to‘xtatgan.

7. «Borussiya» D.

Peter Bosh (Gollandiya), 1963

Futbolchilik faoliyati: 1981-1999

Ampluasi:  o‘ng qanot himoyachisi

O‘ynagan jamoalari: «Vitess»-1981-1984; «Valveys»-1985-1988; «Tulon»-1988-1991; «Feyenoord»-1991-1996; «Jef Yunayted» (YAponiya)-1996|1997; «Ganza»-1998, NAK «Breda»-1998-1999.

Klub miqyosidagi natijalari: Gollandiya chempioni-1992|1993

Terma jamoadagi faoliyati: 8ta o‘yin.

Yevro-92ning Germaniyaga qarshi bahsida uch daqiqa maydonda harakatlanib, debyutini nishonlagan. Terma libosidagi oxirgi uchrashuvni Yevro-1996 saralash doirasidagi Chexiyaga qarshi bellashuvda o‘tkazdi.

Ochig‘i, himoyachi o‘shanda o‘ta muvaffaqiyatsiz harakatlandi - 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan jamoa u maydonga tushgach, javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi. Boshning omadli mavsumlari «Feyenoord»da kechdi.

Rotterdamda chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi, 3 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Aynan shu jamoada Mixels, Advokat va Xiddinkdan terma jamoaga taklif oldi. 36 yoshida futboldagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

8. «Sevilya»

Eduardo Berisso (Argentina), 1969

Futbolchilik faoliyati: 1988-2006

Ampluasi:  himoyachi

O‘ynagan jamoalari: «Nyuelss Old Boyz»-1988-1993; «Atlas»-1993-1996; «River Pleyt»-1996-1999, 2000; «Marsel»-1999-2000; «Selta»-2001-2005; «Kadis»-2005-2006.

Klub miqyosidagi natijasi: libertadores superkubogi sohibi-1997 yil.

Terma jamoadagi faoliyati: 11ta o‘yin. Amerika kubogi turnirining ikki karra (1997, 1999) qatnashchisi.

Berisso 30 yoshga chiqqanida o‘z omadini «ko‘hna qit’a»­da sinab ko‘rishga jazm etdi. Yuksak natijalarga erisholmagan bo‘lsada, saviyali o‘yinchi sifatida tanildi. Ana shu xizmatlari evaziga bosh murabbiy lavozimini egalladi.

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 13.09.2017.
O'qildi: 5053 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.