Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

MLS yoxud «Atlanta» tajribasi

MLS yoxud «Atlanta» tajribasi

Baho:
+ | -

«Atlanta» Mersedes»da: muxlis yig‘ish bobida qanday rekord o‘rnatish mumkin? AQSH milliy birinchiligi Yevropada uncha mashhur hisoblanmasa-da, ko‘pchilik u yerda muxlislar tashrifi o‘ta yuqori ekanligidan yaxshi xabardor.

Yashirishga hojat yo‘q, ayrim davlatlarda MLSdagi eng past ko‘rsatkichga ham havas bilan boqishadi. Ha, okean ortida sportni qattiq sevishadi. Ammo amerikaliklar biror-bir sport musobaqasida ishtirok etish emas, uni kuzatishga ko‘proq moyillar.

Agar kimdir Major League Soccer to‘g‘risida gap boshlasa, ko‘z oldingizga beixtiyor salqin oqshomda to‘p surayotgan yevropalik «qariya»lar va yorqin fan-sektorlar keladi...

Soccer.ru sayti ijodkorlari aynan shu manzarani to‘liqroq tasavvur qilish imkoniyatini yaratishga bel bog‘lab, Amerika futboli tomon nigoh tashlashdi.

Bir qarashda, AQSHlik muxlislarga sevimli jamoalari qaysi raqibga qarshi o‘ynashiyu, uning tarkibida qanday yulduzlar to‘p surishlarining umuman qizig‘i yo‘qday. Ularni o‘yinning darajasi - muhim yoki oddiyligi ham zarracha qiziqtirmaydi, go‘yo. Binobarin, amerikalik muxlislar shunchaki, bo‘sh vaqtga mazmun kiritishni xohlashadi va muzdekkina ichimlikni asta simirgancha  yoqimtoylarini xotirjam holda olg‘a borishga undaydilar. Ayni hozirgi holatga qaraganda, muxlislar tashrifi bo‘yicha barcha hududiy rekordlar «Atlanta Yunayted»ga tegishli. Sharqiy konferensiya ligasida ishtirok etuvchi ushbu jamoa Xerardo Martino tufayli «Barselona» fanatlariga juda tanish. «Atlanta» joriy mavsum turnir jadvalining  6-pog‘onasida boryapti. Uning tarkibida Kaka va David Vilyadek yevrofutbolda nom qozongan yulduzlar yo‘q, biroq mahalliy muxlislar bundan zarracha xafa emaslar. Jorjiya shtatida bo‘lish baxti nasib etgan sokker muxlislari esa Atlantadan shunchaki, o‘tib ketolmaydilar. Boshqacha aytganda, «Bobbi Dodd Stedium» arenasi ularni ohanrabodek o‘ziga tortardi. Xullas, chetdan borgan muxlislar uchun «Atlanta»ning o‘z maydonidagi o‘yiniga bosh suqmaslik xuddi aybdek. Duch kelgan o‘yinga chipta sotib olganlar esa tribunaga chiqib, o‘z joylariga yaxshilab o‘rnashib olganlaridan so‘ng sektorlarda umuman bo‘sh joy yo‘qligiga guvoh bo‘lishadi. Yaqin-yaqingacha ham «Bobbi Dodd Stedium»dan uzatiladigan translyasiyalar Amerikada muxlislikka bog‘liq muammo yo‘qligini anglatardi, ammo joriy yil yozda hammasi yorqin tarixga aylandi. Gap shundaki, «Atlanta Yunayted» yangigina stadion - «Mersedes-Bens»ga ko‘chib o‘tdi.

Xerardo Martino shogirdlari hozirgacha o‘z maydonlarida 9ta raqibni qabul qilishdi. Ya’ni muxlislari ko‘z o‘ngida chempionatning boshqa ishtirokchilariga nisbatan 2ta kam o‘yin o‘tkazishdi. Bu MLS taqvimini tuzishdagi muammolar bilan bog‘liq. Shunga qaramay, The Five Stripes muxlis yig‘ish bo‘yicha umumiy reytingning 2-qatorida bormoqda. Ha, «Atlanta» muxlislari hozircha sietllik doimiy yetakchilardan o‘zib ketolmayaptilar, ammo voqealar rivojini nazarda tutsak, ular bunga juda yaqinlar. E’tibor bering, 9ta o‘yinga umumiy hisobda 416864 muxlis tashrif buyurdi. Tushunarliki, muxlislarning bu qadar faolliklari «Atlanta»ga juda qo‘l kelmoqda. Harqalay, klubning ligada nisbatan yuqori natijalar qayt etayotganida fanatlar armiyasining ulushi ham yo‘q emas. Raqamlar asosida aytsak, joriy mavsum MLS o‘yinlarini kuzatgan jami muxlislarning 7,5 foizi «Atlanta»ga tegishli. O‘zingiz o‘ylang, jamoaning har bir uy o‘yinini o‘rtacha hisobda 46318 kishi bevosita stadionda tomosha qilyapti. To‘g‘ri, Amerika birinchiligida muxlislar tashrifi masalasida uncha maqtanolmaydigan jamoalar ham topiladi. Ammo buning asosiy sababi muxlislarning futbolga befarq qarashlari emas, balki ayrim stadionlar sig‘imi kamligidir. Ayniqsa, yuqori divizionga qo‘shilgan yangi klublarda shunday muammo bor.

«Sietl Saunders» klubi avvalgi mavsumda muxlis yig‘ish bobida bir necha marta eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Ammo sietlliklarning rekordlari 2015 yili o‘rnatilgan - 44247 muxlis. Shuni inobatga olsak, «Atlanta»ning bu borada 1-o‘rinni egallashga juda yaqin turganini bilish uchun matematik yoki oliy ma’lumot egasi bo‘lish shart emas. To‘g‘ri, klub rasmiy jihatdan hozircha yetakchi emas, qolaversa, «Sietl» o‘z ko‘rsatkichini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega. Ammo jamoa avvalo, turnir jadvalidagi mavqesini ko‘tarishi zarur. «Sietl» futbolchilari va fanatlariga aynan shunisi orzuligicha qolyapti.

Agar o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichlar emas, fanatlarning bir martalik tashrifi haqida gapirsak, The Five Stripes xuddi turnir jadvalidagi kabi 5-6ta jamoadan orqada. Misol uchun, Nyu-yorklik muxlislar sevimli klublari - «Nyu-York Red Bullz»ning inqiroz xavfidan qutulishiga ko‘maklashish maqsadida stadionga tashrif bo‘yicha 55 minglik ko‘rsatkich qayd etishdi. Muhimi, ularning bunday fidokorona harakatlari samarasiz ketmadi, jamoa asta-sekin yuqoriga ko‘taril-yapti. Yana bir faktni alohida tilga olish kerak - «Atlanta»ning o‘z arenasidagi o‘yinlarga bog‘liq eng past ko‘rsatkichi 44893ga teng («Xyuston Dinamo» bilan uchrashuvda qayd etildi). O‘shanda mutaxassislar buni noqulay ob-havo bilan izohlagandilar. Ammo tan olaylik, «Atlanta»ning eng past natijasi ham o‘z mamlakatining yuqori ligasida ishtirok etuvchi ko‘plab klublar havasini uyg‘otishi tayin. O‘z o‘rnida muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatilgan o‘yin xususida ham alohida ma’lumot berish joiz. Buning uchun 1996 yilga qaytish kerak. O‘shanda yangi tashkil etilgan liga endi-endi taraqqiyot sari qadam tashlayotgandi. Xullas, «Los-Anjeles Geleksi» - «Metrostarz» (hozirgi «Nyu-York Red Bullz») o‘yinini stadionda naq 69255 kishi kuzatgandi.

MLS - yosh chempionat ekanligi va ilgari Amerika stadionlarida muxlislar tashrifi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 70 mingdan oshganini ham unutmaslik kerak. Deylik, «Metlayf-Stedium»dagi doimiy «anshlag»larning o‘zi qanchalik hayratlanarli edi, o‘shanda bu arena (hozirgi nomi - Giants Stadium)  maydonida «Nyu-York Kosmos» yigitlari javlon urishardi.   Umuman olganda, Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbolni juda e’zozlashadi va shu bois, ajoyib stadionlar muxlislar bilan liq to‘lmoqda. Eng muhimi, klublar rahbarlari bunga daromad manbai sifatida qarab, stadionlardagi sharoitlarni tobora yaxshilashga harakat qilishmoqda. Axir biznesning sharti shu - o‘rinli xarajatdan qochmasang, foydaga chiqasan, aks holda, bir joyda qotib turasan yoki tanazzulga uchraysan...

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:54, 15.09.2017.
O'qildi: 3413 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.