"Real" prezidenti Florentino Peres yozda xarid qilmoqchi bo‘lgan futbolchilari ro‘yxatini tuzmoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, unda 1-raqam "Tottenhem" hujumchisi Harri Keynga berilgan. Qirollik klubi rahbari APL so‘nggi ikki mavsumining to‘purari Madridda o‘ynashi lozim deb hisoblamoqda.
Peresning fikriga qaraganda, Keyn "Real" hujum chizig‘ini kuchaytira oladi.