Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: «Benfika»da qolish ehtimolim 99 foizni tashkil etadi»

Mourinyo: «Benfika»da qolish ehtimolim 99 foizni tashkil etadi»

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi.

«Hech kim “Benfika”ni men bilan shartnomani uzaytirishga majbur qilgani yo‘q. Shartnomada menga xohlasam ketish imkonini beradigan band bor. Prezidentga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q.

Hozirgi paytda “Benfika”da qolish ehtimolim 99 foizni tashkil qiladi, chunki yana bir yillik shartnomam bor. Klub menga yangi shartnoma taklif qildi, hali uni ko‘rmadim, ammo agentim taklif juda yaxshi ekanini aytdi.

“Real”ga kelsak, hozircha menda aniq hech narsa yo‘q. Bu agent Jorje Mendesh hamda klub rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar», — dedi Mourinyo.

Avvalroq OAVda portugaliyalik mutaxassisning «Real»ga qaytishi deyarli hal bo‘lgani va rasmiy e’lon mavsum tugagach berilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:52, 17.05.2026.
O'qildi: 2101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик