Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Real» - «Betis». Zidanning o‘yinoldi fikrlari (to‘liq)

«Real» - «Betis». Zidanning o‘yinoldi fikrlari (to‘liq)

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Betis»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Krishtianu Ronaldu haqida
«Krishtianu safimizga qaytayotganidan xursandmiz. Umid qilamiz, u boshqa o‘yinlarni o‘tkazib yubormaydi. Unga jamoa bilan birga bo‘lish va biz bilan birga o‘ynash yoqadi. Ertaga u «Santyago Bernabeu»ga qaytadi. Uning o‘rnida boshqa futbolchi bo‘lganida ham bundan xursand bo‘lardi».

«Krishtianu Ronaldu haqida gapirganimizda, statistika barcha narsani ko‘rsatib turibdi: Ronaldu va Messidan tashqari hech bir futbolchi son va sifat jihatdan buncha ko‘p gol ura olmaydi. Ularning o‘ziga xos jihati shunda. Ushbu natijani yaxshilash juda qiyin bo‘ladi. Krishtianu o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar juda yuqori. U buni eplay olsa, hayron qolmayman».

«Betis»ga qarshi o‘yin haqida
«Jamoa xuddi «Anoete»da bo‘lgani kabi faol harakat qilishini istardim. Futbolchilarning o‘zlari ham «Real Sosyedad»ga qarshi bo‘lgan o‘yindagi kabi 90 daqiqani o‘tkazishni istashadi. Ertangi o‘yinda ham buni amalga oshirishga harakat qilamiz. Bizni eng ko‘p xavotirga soladigan narsa — serharakatchanlik. Buning evaziga biz istalgan raqibni qiyin ahvolga solib qo‘yamiz. Mavsum endi boshlandi. «Betis» o‘z murabbiyi falsafasiga mos ravishda yaxshi o‘ynashini bilaman. Qiyin o‘yin kechishini taxmin qilyapmiz».

Golli seriya haqida
«Golli seriya shundan dalolat beradiki, jamoa yaxshi o‘ynayapti. Biz gol urishni va g‘alaba qozonishni istaymiz. Shu bois, golli o‘yinlar seriyasini davom ettirib kelyapmiz. Bu futbolchilarning mehnati, ular to‘xtab qolishmayapti. Biz o‘yinlarni 1:0 hisobida yengishni istamaymiz, boisi, bu haddan tashqari tavakkalchilik bo‘lardi».

Hushtakbozlik haqida
«Muxlislar nima uchun hushtak chalishayotganini bilmayman. Stadionda barchaga nisbatan hushtakbozlik qilishgan. Lekin men buning yomon tomonini ko‘rmayapman: bu futbolchilik faoliyatining bir qismi, ba’zan yaxshi o‘ynay olmayotganingni tushunish foydali bo‘ladi. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib gapiryapman. Har bir futbolchi keyingi uchrashuvda yanada yaxshiroq o‘ynashni istaydi».

Dani Sebalyos haqida
«U turli pozisiyalarda o‘ynay oladi. Texnik jihatdan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishi qiyin emas. U turli pozisiyalarda o‘ynash uchun salohiyatga ega. U o‘z ishiga jiddiy e’tibor qaratyapti. Hali mavsum olis, Danida o‘ynash imkoniyati bo‘ladi. Bunag ishonchim komil. O‘tgan o‘yinda u ozgina o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi».

Dani Karvaxal haqida
«U ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan xavotir olayotganim yo‘q: u jismoniy jihatdan baquvvat. U ko‘p o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin, ammo barcha bahslarda maydonga tushmaydi. Ko‘ramiz, vaziyat qanday bo‘ladi, hozircha hammasi yaxshi ketmoqda».

La ligadagi motivasiya haqida
«La Liga – jahondagi eng murakkab chempionat. Shu bois, unda g‘olib chiqish hamisha yoqimli. La ligada g‘olib chiqqan kunimiz men uchun eng baxtli kun bo‘lgandi. Chempionlar ligasi ham muhim, ammo kunlik ishimiz La liga ekanini futbolchilar tushunishadi».

Shartnomani uzaytirish borasida
«O‘zimni «Madrid»da yaxshi his qilyapman, lekin shartnomaning uzaytirilishi men uchun hech narsa emas: meni har kungi ish qiziqtiradi, kelajak haqida o‘ylamayapman».

Safardagi o‘yinlar haqida
«Nima uchun uyda ochkolar yo‘qotayotganimizni tushuntirib bera olmayman, lekin safarda g‘alaba qozonyapmiz. Shu tariqa, La ligada g‘olib chiqsak, bunga rozi bo‘laman».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 14:21, 20.09.2017.
O'qildi: 7856 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.