Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 21:30 Udineze - Kalyari
25/10 23:45 Torino - Komo
26/10 00:00 Espanyol - Sevilya
26/10 00:00 Lester - Nottingem Forest
26/10 17:00 Valyadolid - Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli - Lechche
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona

Lukas Bigliya: «San Siro» men uchun orzuga aylangandi»

Lukas Bigliya: «San Siro» men uchun orzuga aylangandi»

Baho:
+ | -

«Milan»ning yangi yarim himoyachisi Lukas Bigliya «rossonerlar» bilan katta natijalarga erishishdan umidvor.

Argentinalik futbolchi xususan, sobiq jamoasi - «Lasio»ga qarshi o‘yin arafasida (bu uchrashuvda «rossonerlar» 1:4 hisobida yengilishdi) italiyalik  kasbdoshlarimizning turli savollariga javob berar ekan, «Milan» safiga aynan sovrinlar yutish maqsadida qo‘shilganini yashirmadi.

Uchrashuv haqida

- Rimga kelganim va sobiq jamoadoshlarim bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman. Ular bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ha, endi boshqa jamoa libosidaman. Bo‘lajak o‘yin «Milan» uchun jiddiy sinov bo‘ladi, menimcha. Harqalay, «Lasio» avvalgi mavsumni «Milan»dan yuqoriroq pog‘onada yakunladi. Bunday uyushqoq raqibga qarshi uchrashuv hozirgi imkoniyatlarimizni to‘g‘riroq chamalab olishga yordam beradi.

«Lasio»da sovrinlar yo‘qligi haqida

- Sobiq jamoam safida sovrin yutolmaganim achinarli hol, albatta. Lekin bu sahifa o‘tmishda qoldi. «Milan»ni aynan istiqbolli kelajak loyihalari sabab tanladim. Joriy mavsumning o‘zida jamoamiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni ko‘zlamoqdamiz.

«Milan» haqida

- Klubda barchasi xuddi men o‘ylagandek. Mashhur afsonalar, masalan, Gattuzodek yorqin shaxs bilan birga ishlash hayratlanarli. Ayni payt moslashish jarayonini o‘tamoqdaman. Ya’ni yangi jamoadoshlarim, murabbiylar, o‘yin tizimiga moslashyapman. Hammasi joyida.

Hujumchilar haqida

- Jamoa tarkibida mahoratli forvardlar yetarli. Hammasi murabbiyning kimlarga ishonch bildirishiga bog‘liq.

G‘alabalar haqida

- Tabiiyki, ijobiy natijaga erishish uchun ko‘p ter to‘kish lozim. Hech qachon qaysidir o‘yin boshqasiga nisbatan yengilroq kechishini o‘ylamasligimiz kerak.

Kim ko‘proq ajablantirayotgani haqida

- Kutrone o‘z harakatlari bilan shunchaki, lol qoldiryapti. Qolgan futbolchilarni oldindan yaxshi bilardim, uni esa yo‘q.

Lokatelli haqida

- Manu - ajoyib futbolchi! Lekin u jiddiy natijalarga erishishni istasa, hammamiz kabi ko‘p mehnat qilishi, o‘rganishi shart.

O‘z holati haqida

- O‘zimni yaxshi his qilyapman. Mana, «Kalyari»ga qarshi kechgan o‘yinda 30 daqiqa to‘p surdim. Keyin terma jamoa safida maydonga tushdim, mashg‘ulotlarda puxta tayyorgarlik ko‘rdim.

«Lasio» haqida

- Kuchli jamoa! Qarang, jamoa superkubok bahsida «Yuventus»dan ustun keldi. Bu katta ish. «Lasio» vakillari ayniqsa, taktika bobida kuchli tayyorgarlikka egalar, saviyalari yuqori. Xususan, jamoa hujumchilari ancha xavfli.

Jarohatlar haqida

- Meni nimjon futbolchidek ko‘rsatishlari g‘azabimni qo‘zg‘atadi. Zero, raqiblar ochiqdan-ochiq tepishsa ham, «sinmayman». Tez-tez safdan chiqishim esa boshqa narsalarga bog‘liq. Qolaversa, odatda shifokorlar belgilagan muddatdan ilgari tiklanaman.

Skudetto haqida

- Chempionlik haqida gapirishga hali erta. Bu mavzuni bahorda, ya’ni hal qiluvchi o‘yinlar yaqinlashgan payt muhokamaga tashlash ma’qul.

«Olimpiko» haqida

- Muxlislar meni iliq kutib olishlarini kutmayapman. Biroq har qanday munosabat «Lasio»ga nisbatan fikrimni zarracha o‘zgartirmaydi.

Bonuchchi haqida

- Leo - dunyodagi eng kuchli himoyachilarning biri. U xavfsizlik garovi sanaladi. Mudofaa chizig‘imizda ishonchli o‘yinchilar to‘planishgani ayni muddao.

Pioli va Inzagi xususida

- Ikkisi ham menga katta yordam berdi. Simone malakali murabbiy ekanligini namoyish etishga ulgurdi. O‘zaro munosabatlarimiz yaxshi, ularga muvaffaqiyat tilayman.

O‘z faoliyati haqida

- Futbolda bajarilgan xizmatdan ko‘ra, natija muhimroq. Meni «Milan» o‘z safiga chorladimi, demak, vazifamni risoladagidek ado etganman. «Milan» - dunyo miqyosidagi klub. Xuddi shunday jamoada o‘ynashni orzu qilardim.

«Yuventus» xususida

- «Keksa sinyora» - chempionat favoriti, amaldagi chempion. Lekin o‘ta kuchli raqobatchilar - «Napoli», «Roma», «Inter», «Lasio» va «Atalanta»ni ham e’tibordan qochirmaslik lozim.

Yangi o‘yinchilar haqida

- Barcha masalalarda murabbiyga yordam berishga tayyormiz. Zero, bir yoqadan bosh chiqarib, jamoa yanada kuchayishini ta’minlashimiz kerak. Tarkibga qo‘shilgan yangi yigitlar jamoa bilan til topishib olishdi, menimcha.

Chalxanoglu haqida

- U til o‘rganmoqda. Bu juda muhim. Murabbiy futbolchini boshqa pozisiyada sinab ko‘rmoqchi. Odatda Chalxanoglu hujum chizig‘i yaqinida o‘ynardi. Mahoratini to‘la-to‘kis namoyish etishi uchun unga biroz vaqt kerak.

O‘yin uslubi haqida

- Jamoaning har bir a’zosi o‘zini o‘yinning muhim ishtirokchisi sifatida his etishi lozim. Tarkibda 26 nafar futbolchi bor, murabbiyga barchamiz birdek kerakmiz. Xullas, sa’y-harakatlarimiz yagona maqsad sari qaratilgan.

21-raqam haqida

- Pirlo - kumirim. Bu futbolchiga doimo superqahramon sifatida qaragan, undan ibrat olishga intilganman. Andrea shuncha ko‘p sovrin yutdiki, uning darajasiga ko‘tarilish ilojsiz. Biroq baribir, urinib ko‘ramiz.

Montolivo haqida

- «Kalyari»ga qarshi o‘yinda ikkimiz yonma-yon to‘p surdik. Rikardo ham hujumga qo‘shilish, gol urishni xush ko‘radi. Tan olaman, u bu borada mendan kuchliroq.

«San Siro» haqida

- Yevropaga kelgunimga qadar «Milan» va «Veles Sarsfild» o‘rtasida kechgan Qit’alararo kubok finalini tomosha qilgandim. Keyin 2006 yili va mavsum-2012|2013da «rossonerlar»ga qarshi to‘p surdim.

O‘shandayoq «San Siro» men uchun orzuga aylangandi. Mana, 11 yildan keyin orzu haqiqatga aylandi. Ushbu muhtasham arenada to‘p surish sharafiga muyassar bo‘lganimdan behad baxtiyorman.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:32, 22.09.2017.
O'qildi: 2908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.