Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Ashxaboddagi muvaffaqiyati

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Ashxaboddagi muvaffaqiyati

Baho:
+ | -

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasining umumiy muvaffaqiyatida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ham ulushi katta bo‘ldi.

O‘zbekiston sport kurashlari Assosiasiyasi “Ashxobod 2017” musobaqasiga erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha jami 13 nafar sportchini ro‘yxatga kiritgandi. Yakunda ularning 11 tasi musobaqa shohsupasiga ko‘tarilishdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston sport kurashlari terma jamoasi delegasiyamiz ishtirok etgan deyarli barcha Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lib, mamlakatimiz shuhratini dunyoga tanitishda katta hissa qo‘shib kelgan.

Osiyo o‘yinlarida sportning ushbu turi bo‘yicha bellashuvlar odatga ko‘ra dastlab erkin kurash bo‘yicha musobaqalardan boshlandi. Terma jamoa tarkibi Mahmudjon Shavkatov (-57 kg.), Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg.), Bekzod Abdurahmonov (-74 kg.), Umidjon Ismanov (-86 kg.) va Davit Modzmanashvili (125 kg.) lar hisobiga shakllantirilgan edi. Ulardan uchtasi, ya’ni Mahmudjon Shavkatov, Bekzod Abdurahmonov va Davit Modzmanashvili musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib yakunda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Umidjon Ismanov finalgacha bo‘lgan masofani mag‘lubiyatsiz bosib o‘tib, faqatgina hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berdi va kumush medali bilan cheklandi. Rio 2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navro‘zov esa bronza medaliga ega chiqdi. Demak, o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz tarkibiga kiritilgan beshta sportchimizning barchasi shohsupaga ko‘tarilishdi.

Ayollar kurashida uch nafar qizimiz vatanimiz sharafini himoya qilishdi va ulardan ikkitasi bronza medallariga ega chiqishdi. Dauletbike Yaxshimuratova (-48 kg.) va Sevara Eshmuratova (-53 kg.) delegasiyamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

Yunon-rum kurashida gilamga chiqqan beshta polvonimizdan to‘rttasi sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rilishdi. Islomjon Bahromov (-59 kg.), Elmurat Tasmuradov (-66 kg.), Aram Vardanyan (-71 kg.) va Mo‘minjon Abdullayev (130 kg.) o‘z vazn toifalarida bronza medallariga sazovor bo‘lib, delegasiyamiznning umumiy muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishdi. Yakunda sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Eron va Xitoy termalaridan so‘ng faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Polvonlarimiz Ashxobodda sportning ushbu turi anchagina taraqqiy etgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Yaponiya, Bahrayn, Turkmaniston kabi davlatlarni ortda qoldirishgani e’tiborga molik.

Qolaversa, Osiyo o‘yinlari davomida yosh va umidli sportchilarimiz Mahmudjon Shavkatov va Islomjon Bahromovlar ko‘pchilik mutaxassislarda iliq taassurot qoldirishdi. Bekzod Abdurahmonov mahorat bobida hech bir raqibiga imkoniyat qoldirmagani e’tirofga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, eng og‘ir vazndagi polvonimiz Davit Modzmanashvilining janglarini kuzatar ekanmiz, terma jamoamizda jahon sporti afsonasi Artur Taymazovga munosib voris topilgani yaqqol namoyon bo‘ldi.

Biz bo‘lajak nufuzli musobaqalar - 2018 yili Jakarta mezbonlik qiladigan XVIII Osiyo o‘yinlari hamda 2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham O‘zbekiston sport kurashlari Assosiasiyasi va polvonlarimizdan muvaffaqiyatli ishtirok va medallar shodasini kutib qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:16, 29.09.2017.
O'qildi: 3461 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.