"Valensiya"ning 17 yoshli futbolchisi Ferran Torres Ispaniyaning ikki superklubi qiziqishlari doirasida.
Uni "Barselona" va "Real" o‘z tarkiblariga qo‘shib olishga tayyor turibdi. Torresning tovon puli shartnomasida 8 million yevro deb ko‘rsatilgan. Ammo "Valensiya" futbolchi bilan shartnomani bir yilga uzaytirib, transfer summasini 25 mln yevroga ko‘tarib olish niyatida.
Torres xizmatlariga shuningdek PSJ va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda.