Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/11 01:00 Real Madrid 1-3 Milan
06/11 01:00 Liverpul 4-0 Bayer
06/11 01:00 Sporting 4-1 Manchester Siti
06/11 01:00 Lill 1-1 Yuventus
06/11 01:00 Bolonya 0-1 Monako
06/11 01:00 Seltik 3-1 RB Leypsig
06/11 01:00 Borussiya D 1-0 Shturm
06/11 15:00 Poxang Stilers 4-2 Shandong Taishan
06/11 15:00 Yokogama Marinos 5-0 Buriram Yunayted
06/11 17:00 Bangkok Yunayted 4-1 Li Man
06/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-2 Tampines Rovers
06/11 19:00 Oltin Asr 0-4 At-Ta'vun
06/11 19:00 Nasaf 1-2 Al-Hussayn
06/11 21:00 Traktor 7-0 Ravshan
06/11 21:00 Xolidiya 4-1 Al-Quva al-Javiya
06/11 21:00 Kuvayt SK 3-3 Shabab al-Ahli
06/11 22:45 Bryugge 1-0 Aston Villa
06/11 22:45 Shaxtyor 2-1 Yang Boyz
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo

Fernando Kavenagi: «Maqsadim – «River» bilan umrbor birga bo‘lish»

Fernando Kavenagi: «Maqsadim – «River» bilan umrbor birga bo‘lish»

Baho:
+ | -

Bir paytlar Argentina terma jamoasining umidi deb hisoblangan Fernando Kavenagi unchalik ishonchni oqlay olmadi. Yaqinda futbolchi La Naciun nash­riga intervyu berdi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Kavenagi olti oy Marbelyada istiqomat qildi. Biroq O‘rta yer dengizi sohilidagi koshona ham uning uchun ikkinchi uy bo‘la olmadi. Fernando o‘zi tug‘ilib-o‘sgan O~Brayen shaharchasiga qaytdi.

- Avvaliga Marbelyada barchasi ko‘ngildagidek edi, -deb gap boshladi Kavenagi. - Biz shinam uyda xavf­siz yashayotgandik. Lekin mening vatanim - Argentina. Do‘stlar va boshqa jihatlar ortga qaytishimizga sabab bo‘ldi. Katta farzandlarim uyga qaytishni xohlab qolishdi. Natijada turmush o‘rtog‘im bilan O~Brayenga qaytishga qaror qildik. Sakkiz yoshli Benxamin va olti yoshli Sofiyaning istagi yakuniy qarorni qabul qilishimizga sabab bo‘ldi. Albatta, bir yoshli qizim Anna bunga qarshilik qilmadi. Keyinchalik rafiqam Soledad bilan yo‘lga otlandik.

- Futboldan ketishga qachon qaror qildingiz?

- To‘g‘risini aytsam, yana biroz o‘ynamoqchi edim. Kiprdagi faoliyatim yorqin kechayotgandi (APOELda 18ta o‘yinda 19ta gol). Lekin o‘tgan yilning aprelida tizzamdan olgan jarohatim barchasini barbod qildi. Natijada oldingi darajamga chiqa olmadim. Operasiya qilishdi, sakkiz oy davolandim. Lekin qaytishning iloji bo‘lmadi.

- Tizzangiz hamon og‘riyaptimi?

- Ha. Hammasi Fransiyada boshlangandi (Fernando 2009 yilning martida  «Tuluza» darvozaboni Sedrik Karrasso bilan to‘qnashib, jarohat olgandi). Shundan keyin tanam hech qachon 100 foizga tayyor bo‘lmadi. O‘sha paytda Yevropaga moslashayotgandim, mavsum oxirida chempionlikni nishonlagan «Bordo» to‘p-urari edim. Meni turnirning eng yaxshi legioneri deb topishdi. «Lion»dagi Juninyodan yuqori qo‘yishgandi. Benzema («Lion») va Jinyak («Tuluza»)lar bilan to‘purarlik uchun kurash olib borayotgandim. Afsuski, chempionatning so‘nggi 12 turida maydonga tusha olmadim.

- Hozir ham futbol o‘ynab turibsizmi?

- Juda kam. Deyarli o‘ynamay qo‘ydim.

- Matbuotning e’tibori kamayganidan baxtlimisiz?

- Hozir oldingidek emasman. Futbolchilik davrimda mag‘lub bo‘lsam ko‘chaga chiqa olmasdim. Endi esa mas’uliyat yo‘q.

- Yengillikni his qilyapsizmi?

- Ha. Oldin oilam bilan baxtli lahzalarni o‘tkazib yuborgandim. Endi o‘sh onlarni ortga qaytaryapman. Ertalab soat 6:30 turaman, keyin bolalarni maktabga olib boraman. Keyin Benxaminni futbol maktabiga, Sofiyani rolik uchishga eltaman.

- Ko‘chada ko‘rishsa nima deyishadi?

- «River» ishqibozlaridan yaxshi gaplarni eshitaman. Albatta, «Boka» muxlislari ko‘rib qolishsa, yoqtirishmaydi.

- «River Pleyt»ning 116 yillik tarixida faqat to‘rt nafar futbolchi bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazilgan: Norberto Alonso, Enso Francheskoli, Ariel Ortega va siz. O‘zingizni erkatoydek his qilasizmi?

- Bilmadim. Shunday nomlar qatorida bo‘lishning o‘zi katta gap. Bunday bo‘lishini orzu ham qilmagandim. «River» muxlislari chiptalarni 24 soat ichida xarid qilib, meni hayron qoldirishgandi. O‘sha o‘yinni xayrlashuv uchrashuvi deb hisoblamayman. Maqsadim - «River» bilan bir umr birga bo‘lish.

Fernando Kavenagi

Tug‘ilgan sanasi: 1983 yil 21 sentyabr

Tug‘ilgan joyi: O’Bra­yen, Argentina.

O‘ynagan jamoalari: «River Pleyt» (2001-2004, 2011-2012, 2014-2015), «Spartak» (Rossiya, 2004-2007), «Bordo» (Fransiya, 2007-2010), «Malyorka» (Ispaniya, 2010), «Vilyarreal» (Ispaniya, 2012-2013), «Internasyonal» (Braziliya, 2011), «Pachuka» (Meksika, 2013), APOEL (Kipr, 2015-2016).

Yutuqlari: Argentina chempioni (4), Fransiya chempioni (1), Fransiya Liga kubogi sohibi (2), Fransiya superkubogi sohibi (2), Kipr chempioni (1), Janubiy Amerika kubogi sohibi (1), Janubiy Amerika superkubogi sohibi (1), Libertadores kubogi sohibi (1) va yoshlar U-20 o‘rtasida Janubiy Amerika chempioni.

Argentina milliy terma jamoasi safida 4ta o‘yin o‘tkazgan.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:59, 05.10.2017.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.