Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Rustam Ashurmatov: «Bunyodkor»ga ham, «Dinamo»ga ham oson bo‘lmaydi»

Rustam Ashurmatov: «Bunyodkor»ga ham, «Dinamo»ga ham oson bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi «Dinamo» - «Bunyodkor» uchrashuvi oldidan toshkentliklar himoyachisi Rustam Ashurmatov Samarqanddagi o‘yin borasida fikr bildirib o‘tdi.

- Rustam, ikki tur oldin aynan sizning «dubl»ingiz «Bunyodkor»ga Samarqandda «Dinamo» ustidan g‘alaba keltirgandi. Endi esa yarim final javob o‘yini kutib turibdi…

- Toshkentda «Dinamo» bilan dastlabki bahs bejizga 0:0 tugamagandi. Bu raqibning kuchidan dalolat. Samarqanddagi yarim final javob o‘yini biz uchun juda muhim. Chunki, oldimizdagi birinchi maqsad bu – O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari orqali Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishdir. «Bunyodkor»ning shuncha yillik an’anasini buzishga xaqimiz yo‘q – kubok orqali OCHLga chiqish shart. To‘g‘risi, Oliy Ligadan ko‘ra, kubok orqali OCHLga chiqish yaqinroq bizga. Finalga chiqib, g‘olib bo‘lsak kubok bilan birga yo‘llanmaga ham ega bo‘lardik. Lekin bu oson ish emas. «Dinamo» bilan dastlabki o‘yin 0:0 bo‘lgani juda qaltis hisob. Samarqand jamoasi tarkibi ancha shakllangan, ularga qarshi to‘p surish oson bo‘lmaydi. Qolaversa, javob o‘yini Samarqandda minglab muxlislar qarshisida o‘tishini inobatga olsak, bu o‘yin juda shiddatli va murosasiz o‘tishini anglatadi. «Bunyodkor» singari «Dinamo» ham finalga chiqishni maqsad qilgan, shu bois hech kimga oson bo‘lmaydi.

- «Dinamo»ning so‘nggi 10 o‘yindan buyon gol ura olmayotgani «Bunyodkor» himoyachilari vazifasini osonlashtiradimi?

- Bu o‘yin final yo‘llanmasini berarkan, statistikalar chetda qoladi. To‘g‘ri, 10 ta o‘yin uzun seriya, lekin har bir narsaning yakuni bo‘lgani kabi, balki «Dinamo» aynan kubokka katta e’tibor qaratib, noxush an’anasini biz bilan o‘yinda buzar. Shu bois, biz yuqoridagi statistikaga e’tibor qaratmay, ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. «Dinamo»ning himoya chizig‘i ham kuchli. Menimcha, o‘yinda bitta gol final yo‘llanmasi taqdirini hal etadi. Samarqanddan final yo‘llanmasi bilan qaytishimiz shart.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:52, 05.10.2017.
O'qildi: 4811 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик