Yevropaning kuchli 5 ligasida, qaytarilgan to‘plar miqdori bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega darvozabon aniqlandi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi Opta nashri xabariga ko‘ra, "Byornli" posboni Nik Poup bu borada yetakchilik qilmoqda. 25 yoshli futbolchi o‘z darvozasi tomon yo‘llangan 94% zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. U har bir o‘yinda kamida 10ta seyv qilmoqda.
Joriy mavsumda u APLda 4ta o‘yin o‘tkazib, bor yo‘g‘i bir marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.