Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Temur Kapadze: «Muddatidan avval chempion bo‘lmoqchimiz»

Temur Kapadze: «Muddatidan avval chempion bo‘lmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Chempionat yakunlanishiga hali 7ta tur bor: karvonboshi va ta’qibchilar orasidagi farq esa 7 ochko. «Lokomotiv»ning chempionlik maqomini himoya qilishi deyarli oydinlashib qolgandek.

Lekin «Nasaf», «Bunyodkor» va «Paxtakor» jamoalari kurashni oxirigacha davom ettirishi aniq. Negaki, bundan 2-3 tur oldin qarshiliklar ham, Shota Arveladze boshchiligidagi «sherlar» ham birin-ketin Mirko Yelichich shogirdlari ustidan g‘alaba qozonib, «oltin» masalasini yana asosiy mavzuga aylantirishgandi.

Shunday ekan, muxlislarda oliy ligamizga nisbatan qiziqish so‘nggi turlargacha saqlanib qolsa kerak. Biz amaldagi chempionning «Olmaliq»qa qarshi o‘yinidan so‘ng «temiryo‘lchilar» sardori Temur Kapadzedan shu mavzuda intervyu oldik.

- Temur, «Lokomotiv» kutilmaganda ketma-ket 2ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Boz ustiga, chempionlikka da’vogar klublardan. O‘rtadagi ochkolar farqi hamon katta bo‘lsada, muhim bahslarda ochko yo‘qotish yakunda jamoani mushkul vaziyatga solib qo‘yishi mumkin...

- Ha, 2ta o‘yinda qimmatli 6 ochkoni yaqin ta’qibchilarimizga tortiq etdik. Eng yomoni, bizni izma-iz quvib kelayotgan raqiblarga imkoniyatni boy berdik. Shaxsiy fikrim, har ikki uchrashuvda jamoamizdan shunchaki, omad yuz o‘girdi.

Yigitlar maydonda yaxshi harakat qilishdi. Lekin futbolda shunday alamli mag‘lubiyatlar ham uchraydi. Muhimi, hozir 7 ochkolik farqni saqlab turibmiz.

Lekin bu xotirjamlikka berilishimizga asos bo‘lolmaydi. Keyingi o‘yinlarda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, zero, chempionlikni muddatidan avval qo‘lga kiritmoqchimiz.

- Mag‘lubiyatlarni faqat omadsizlik bilan bog‘lash to‘g‘rimikan?

- Yo‘q, albatta. Faqat omadga yo‘yish bahonaga o‘xshab qoladi. Qayerdadir xatolarga yo‘l qo‘ydikki, buni ham tan olish kerak. Ayniqsa, «Nasaf»ga qarshi kechgan bahsda kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlandi.

Deylik, uchrashuv boshidayoq himoyachimiz yo‘q joydan darvozamizga penalti belgilanishiga sababchi bo‘ldi.  Ana o‘sha 11 metrli jarima zarbasi o‘yin taqdirini deyarli hal qildi.

Hisobda oldinga chiqib olgan «Nasaf» futbolchilari himoyaga o‘tib, qarshi hujumda bizni rosa qiynashdi. «Paxtakor»ga kelsak, bilasiz, bunday uchrashuvlarda qaysi jamoa birinchi golni urib olsa, uning g‘alaba qozonish ehtimoli ancha oshadi.

Bu tushuncha yana bir bora isbotini topdi. Lekin umumiy statistikaga e’tibor qaratsak, bizda imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Afsuski, ulardan foydalanolmadik.

- Ikki mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar tushkun holatdan to‘liq chiqib ketishdimi?

- Jamoada hech qanday tushkunlik yo‘q. «Olmaliq»ni yengib, buni amalda isbotladik.

- Aslida Kumikov shogirdlari o‘z maydonlarida hattoki, favoritlarga ham yetarlicha tashvish tug‘dirishga odatlanishgan. Xo‘sh, ularni nimaning evaziga dog‘da qoldirdinglar?

- Ha, «Olmaliq» juda yaxshi shakllangan jamoa. O‘ziga xos uslubi bor. Asosan standart vaziyatlarga e’tibor qaratadi. Shu kuni ham olmaliqliklar aynan «standart»larda bizga bosim o‘tkazishdi.

Murabbiylarimiz o‘yin oldidan raqibning shu jihatiga e’tibor qaratishimiz zarurligini uqtirishgandi. Ko‘rsatmalarga amal qilib, mezbonlarga aytarli imkoniyat bermadik. Shuning barobarida chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etdik.

- «Lokomotiv» legionerlari ishonchni nechog‘li oqlashyapti?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:21, 07.10.2017.
O'qildi: 3296 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.