Kataloniya klubi safiga qo‘shilish niyatida bo‘lgan «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares «Barselona» bilan mehnat shartnomasini kelishib oldi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
O‘yinchi Madrid klubi uni Kataloniya klubiga qo‘yib yuborishini talab qilishda davom etmoqda. Biroq «matraschilar» prinsipial pozisiyani egallab, Alvaresni «Barselona»ga sotmoqchi emas.
Xulian Alvares Madrid klubiga «Manchester Siti»dan o‘tgan edi. Forvard jamoani tark etishni xohlayotganini ochiq aytgan. «Atletiko» muxlislari esa «Vilyarreala»ga qarshi o‘yinda (2:2) futbolchini hushtakbozlik bilan kutib olishgan.













