"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan tiklanish jarayoni haqida gapirib berdi.
Ma’lumki, 31 yoshli futbolchi sentyabr oyida tovonini sindirib olgan edi.
Shifokorlar taxminiga ko‘ra, u yanvar oyida maydonga qaytishi lozim. Biroq futbolchining fikri boshqacha.
"Oyog‘imdagi yara toza turishi va o‘zi bitib ketishi lozim. Shundan so‘ng jarohatimdan qutulaman. Bu jarayon 6 oyga cho‘zilishi mumkin", – dedi Noyer FCBayern.tv xabarida.