Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

YECHL: Rekordlarga boy bo‘lgan 3-turda Ronaldu va Messi natijalari

YECHL: Rekordlarga boy bo‘lgan 3-turda Ronaldu va Messi natijalari

Baho:
+ | -

Kecha, 19 oktyabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakuniga yetdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan 32 jamoa va futbolchilar 3-turda turli xil rekordlar va ko‘rsatkichlarni qayd etishdi.

Jumladan, Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Yevrokuboklardagi 100-yubiley golini “Olimpiakos” darvozasiga kiritib, asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduga yaqinlashib oldi.

Portugaliyalik futbolchi esa Lionel Messidan farqli o‘laroq Yevrokuboklarda 113 ta gol urgan.

Rimning “Roma” klubi hujumchisi Edin Jeko “Chelsi”ga qarshi uchrashuv (3:3) da maydonga tushdi va o‘zining “Roma” uchun yubiley 100-o‘yinini o‘tkazib, dubl muallifiga aylandi.

O‘z maydonida “Roma”ni mag‘lub etolmagan “Chelsi” esa bosh murabbiy Antonio Konte qo‘l ostida eng yomon natijani qayd etdi. Ya’ni “Chelsi” ilk marta YECHL musobaqasida o‘z darvozasidan uchta gol o‘tkazib yubordi.

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich “Sporting”ga qarshi o‘yin (2:1) da jarima zarbasidan gol urdi.

27 yoshli bosniyalik futbolchi ushbu turnirda uchta turli jamoalarda jarimadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Pyanich bundan  oldin “Roma” va “Lion” jamoalari tarkibida ham YECHL o‘yinlarida standart vaziyatdan darvozani ishg‘ol qilgandi. Bundan tashqari, “Yuventus” turnirdagi so‘nggi 21 ta o‘y o‘yinlarida mag‘lubiyatsiz seriyasini 21 taga yetkazib oldi.

Germaniyaning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aryen Robben “Seltik”ga qarshi bahs (3:0) da maydonga tushdi. Ushbu o‘yin 33 yoshli futbolchi uchun YECHLdagi 100-yubiley o‘yin sifatida qayd etildi.

Aryen Robbenning jamoadoshi Tomas Myuller ham o‘ziga yarasha ko‘rsatkichni qayd etdi. Ya’ni “Seltik” darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi YECHLda ketma-ket 10 mavsum gol urgan ilk germaniyalik futbolchiga aylandi. Myuller “Bavariya” uchun YECHLdagi debyut golini 2008/2009 yili urgandi.

Parijning PSJ klubi hujumchisi Edinson Kavani “Anderlext”ga qarshi uchrashuvda gol urdi. Gap shundaki, ushbu gol 30 yoshli urugvaylik hujumchi uchun YECHLda o‘tgan mavsumdan beri ketma-ket 7 uchrashuvda kiritilgan gol sifatida yozildi. Kavani joriy mavsum YECHLda uchta, o‘tgan mavsum to‘rtta uchrashuvda ketma-ket gol urishni uddasidan chiqdi.

Avvalroq ushbu ko‘rsatkichni faqatgina “Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar amalga oshirishgan.

Ozarbayjonning “Qorabog‘” jamoasi YECHL doirasida “Atletiko” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va bir ochkoga ega bo‘ldi. E’tiborlisi, “Qorabog‘” Ozarbayjonning ilk jamoasi sifatida nufuzli musobaqada birinchi ochkosini qo‘lga kirtishga erishdi. Guruh bosqichining oldingi o‘yinlarda “Qorabog‘” “Chelsi” (0:6) va “Roma”ga (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.

“Benfika” darvozaboni Mile Svilar “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi va 18 yoshu 52 kunligida YECHLda debyutini amalga oshirib, rekordchiga aylandi. Bundan oldingi rekord “Portu” darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli edi. Iker “Real” tarkibida 1999 yili “Olimpiakos”ga qarshi o‘yinda 18 yoshu 118 kunlik vaqtida ilk marta asosiy tarkibda maydonda harakat qilgan.

PSJ klubining 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe “Anderlext”ga qarshi uchrashuvda o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi.

Qiziqarlisi, Mbappe uchun bu gol YECHL o‘yinlarining barchasida kiritilgan 8-goli hisoblanadi. Kilian bu borada “Ayaks” sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvert ko‘rsatkichini yangilab, 20 yoshgacha gol urgan futbolchilari orasida to‘purar maqomiga ega bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Klyuyvert 18 yoshligida YECHL musobaqasi o‘yinlarida 7 ta gol urgandi.

Rossiyaning SSKA klubi o‘z maydonida “Bazel”ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu bahsda armiyachilar darvozaboni Igor Akinfeev YECHL doirasida ketma-ket 41-o‘yinda, shuningdek, o‘z maydonidagi qatorasiga 17-uchrashuvda gol o‘tkazib yubordi. Bu Akinfeevnnig turnirdagi antirekordi hisoblanadi.

Moskvaning “Spartak” jamoasi “Sevilya”ni yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija esa Rossiya jamoalarining Chempionlar Ligasi doirasida qayd etgan eng yirik g‘alabasi sifatida tarixga yozildi. 2001 yilda Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi YECHL turniri doirasida safarda “Anderlext”ni shunday natija bilan mag‘lub etgandi.

Bundan tashqari, “Spartak”ning braziliyalik hujumchisi Luis Adriano mazkur o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Bu gol esa 30 yoshli futbolchi uchun YECHL musobaqasidagi 21-gol sifatida qayd etildi. Endilikda Adriano braziliyalik to‘purar futbolchilar orasida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek, 5:1 hisobida “Spartak”ga imkoniyatni boy bergan “Sevilya” Yevrokuboklar uchrashuvlarida so‘nggi 59 yilda o‘z darvozasidan ilk marta beshta gol o‘tkazib yubordi. “Sevilya” 1958 yil “Real” jamoasi tomonidan 8:0 hisobida taslim etilgandi.

Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Sokratis Papastopulos APOELga qarshi uchrashuv (1:1) da hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Gap shundaki, 29 yoshli gresiyalik futbolchining kiritgan to‘pi “Borussiya” uchun Yevrokuboklarda urilgan 400-goli sifatida qayd etildi. Afsonaviy futbolchi Xelmut Braxt 1956 yil “Borussiya”ning Yevrokuboklardagi ilk debyut golini urgandi.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Tottenxem”ga qarshi uchrashuv (1:1) da asosiy tarkibdan o‘rin oldi. Mazkur uchrashuv 32 yoshli futbolchi uchun YECHL musobaqasidagi 143 o‘yini bo‘ldi va bu ko‘rsatkich borasida Ronaldu “Real” sobiq hujumchisi Raul Gonsales (142) dan o‘tib ketdi.

Ushbu ro‘yxatda Ronalduni “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi (151) va “Real”ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas (166) “Portu” kabi futbolchilar ortda qoldirishmoqda.

Angliyaning “Liverpul” klubi safarda “Maribor”ni 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborli tomoni, mersisaydliklar YECHL musobaqasining gollar farqi bo‘yicha rekordini takrorlashdi.

Ma’lumot uchun, 2014 yil “Shaxtyor” BATE ustidan yettita gol farq bilan g‘alaba qozongan bo‘lib, 2010 yil “Marsel” jamoasi ham “Jilina”ni yettita gol farqi bilan dog‘da qoldirishgan.

Shuningdek, “Liverpul”ning ushbu ko‘rsatkichi Angliya klublari orasida safarda qozonilgan eng yirik g‘alaba sifatida tarixga yozib qo‘yildi.

“Napoli” yarim himoyachisi Amadu Diavara “Manchester Siti” darvozasiga penaltidan gol urdi. Gap shundaki, “Manchester Siti” YECHL bahslarida darvozasiga belgilangan penaltilarning yettinchisida gol o‘tkazib yubordi. Bundan oldingi oltita penaltining barchasini “Manchester Siti” darvozabonlari qaytarishgan bo‘lib, Lionel Messi, Raffael, Zlatan Ibragimovich, Neymar, Radamel Falkao va Dris Mertens kabi futbolchilar “Siti” darvozasiga belgilangan penaltilarni golga aylantira olishmagan.

“Manchester Siti” darvozaboni Ederson ham “Napoli”ga qarshi uchrashuvning 38-daqiqasida Dris Mertens amalga oshirgan penaltini qaytardi. 24 yoshli braziliyalik darvozabon o‘tgan mavsumdan beri YECHLda hech qaysi darvozabon qila olmagan ishni bajardi. Ya’ni “Manchester Siti”ni uch marta muqarrar goldan saqlab qoldi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 11:07, 20.10.2017.
O'qildi: 12548 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.