Yurgen Klopp o‘zining ikkinchi mavsumida “Liverpul” bilan ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq, shunga qaramay, u hal qilishi kerak bo‘lgan muammolar yetarli. Fourfourtwo nashri “qizillar” ustozi yechimini topishi kerak bo‘lgan 4 vazifani yoritib o‘tdi.
Yurgen Klopp 2015-yil 17-oktyabrida dastlabki uchrashuvini “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazgan edi va o‘yin 0-0 hisobida yakunlangan edi. O‘shandan beri “Enfild”da germaniyalik murabbiy sezilarli o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Biroq, “qizillar” bilan himoyada ko‘proq ishlagan murabbiy hozirda so‘nggi 8 uchrashuvning bittasida g‘alaba qozonganini hisobga olsak, Kloppning hali qiladigan ishlari yetarli ekanligi bilinib qoldi.
Himoyadagi kamchiliklar
“Liverpul” o‘tgan mavsumda 42 gol o‘tkazib yubordi. Bunday natijani klub Rafa Benites boshchiligida 2009/10-yilgi mavsumda o‘rnatilgan klub rekordi yangilanmay kelayotgan edi. Mavsumning so‘nggi 6 o‘yinida 5 “quruq o‘yin” o‘tkazishi jamoani kuchli to‘rtlikka kirishiga zamin hozirlagan edi. Biroq, jamoaning himoya chizig‘i individual xatolar va muammolarga ega ekanligi yaqin yillarda ko‘rinib qolishi aniq.
Yozda Virgil Van Deykning kutilgan kelishi himoyani kuchaytirishga va 8 mavsumdan beri birinchi marta 40 tadan kam gol o‘tkazishga qaratilgan edi. Biroq, gollandiyalik futbolchi jamoga kelmadi va hozirda Klopp bunga boshqa yechim qidirmoqda.
Joel Matip va Deyan Lovrenlarning statistikasi ancha yaxshi. 22 o‘yinda birgalikta harakat qilishib, atigi bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu jamoada qilinayotgan ishlar manzarasida tahsinga sazovor emasdek.
Kloppning faqat himoyani ko‘zlagan transferlari – Stiven Kolker (ijara), Matip (erkin agent), Ranyar Klavan (4 mln. funt), Endryu Robertsonlar (8 mln. funt) shuni ko‘rsatdiki, murabbiy tanlovda adashdi. Bunga qo‘shilmasdan iloj yo‘q.
O‘yinchilarga bildirilayotgan ko‘proq ishonch
“Tottenxem”ga qarshi harakat qilgan 11 futbolchidan to‘rttasi allaqachon jamoa bilan xayrlashib bo‘lgan. Xususan o‘sha o‘yin qahramoni Mamadu Sako ham bor. Boz ustiga, 7 zahira o‘yinchisidan oltitasi ham “Liverpul” safini tark etgan.
Shunga qaramay, “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tgan dam olish kunidagi bahsda asosiy tarkibda harakat qilganlarning uchtasi germaniyalik murabbiy tomonidan olib kelingan. Bular – Matip, Veynaldum va Salohlar edi. O‘z navbatida aytib o‘tish kerakki, “Liverpul”ning negizini Brendan Rodjers davridan qolgan futbolchilar tashkil etadi.
“Enfild”ga kelganidan beri Klopp o‘zgartirishni istamagan o‘yinchilarini olib qolib, o‘yinni ular atrofida qurmoqda. Kloppning nazariyasi shundan iboratki, asosiy o‘yinchining o‘rni o‘zgarmagani ma’qul. Aytaylik, Karlo Anchelotti jamoani butunlay yangidan quradi. Balki, Yurgen Klopp ba’zi o‘yinchilarning qobiliyatlarini oshirib yuborar? Bir hafta yaxshi o‘ynagan ammo keyinga haftada yo‘qolib qolgan futbolchi kerakli resept bo‘la oladimi?
Deyan Lovren chempionatda sovrinlarni yutib olishda yordam beradigan markaziy himoyachi sirasiga kiradimi? Jordan Xenderson ingliz “devlari”ga qarshi jamoasini ruxlantira oladigan yarim himoyachi va sardor deya olamizmi? Kloppni a glass-half-full man deya olamiz, biroq, dastlabki ikki savolga “ha” deb javob berish biroz mushkul.
Maydondagi yetakchilik
Klopp zahira o‘rindig‘i yonidan turib har bir vaziyatga baqirishi, olqishlashi mumkin, biroq ko‘pchilik murabbiylar maydonda jamoasini yetaklay oladigan futbolchtlarga ko‘rsatmalar beradi.
10 yillar avval “Liverpul” tarkibi yetakchilarga to‘la edi. Ular orasida Jerard, karrager, Pepe Reyna, Sami Xyupya, Xabi Alonso, Xavyer Maskerano va Dirk Kyuytlar bor edi. Ularning barchasi o‘z qismida sardor edi. Ularda mag‘lubiyatni durangga, durangni g‘alabaga aylantira oladigan metin iroda bor edi.
O‘sha o‘yinchilar endi jamoada yo‘q, ularning o‘rnini to‘ldirish esa oson emas. Albatta, bunga Klopp aybdor emas, ammo u jamoasini yetaklab boruvchi yangi futbolchi ham topa olganicha yo‘q.
Fakt shuki, bu mavsumda “Liverpul” 77-daqiqadan keyin gol urishda qiynalmoqda, bu esa g‘oliblik ruxiyatining bor yoki yo‘qligiga bog‘liq.
Muvozanatni topish
O‘tgan mavsum yakunida ko‘rdikki, jamoa himoyaviy mustahkamlikka erisha olgan, qo‘shimchasiga yarim himoya uchligi ham ancha mustahkam ko‘rinish hosil qilgan. Buni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda ham guvoxi bo‘ldik.
“Liverpul”ning yarim himoya uchligi bu mavsumda 1 gol urgan. Xenderson esa Klopp qo‘li ostida 2 yil ichida atigi 3 gol urishga erishgan. Sadio Manening so‘nggi uchrashuvlarda maydonda yo‘qligi jamoaning hujumkor saviyasiga qattiq ta’sir qildi.
Eng muhimi hozirda jamoaning erishayotgan rivojlanishi. Kelasi mavsumda Nabi Keytaning jamoaga qo‘shilishi maydon markazini kuchaytirishi aniq, biroq Koutinyo ketadigan bo‘lsa, maydon markazidagi muvozanat yana buziladi. Agarda Emre Jan erkin agent sifatida ketadigan bo‘lsa, bu boshqa muhim yo‘qotishlardan biri bo‘ladi.