Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turkmaniston terma jamoasi parvozi nimaga bog‘liq?

Turkmaniston terma jamoasi parvozi nimaga bog‘liq?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Oktyabr oyi boshida JCH-2018 saralash raundining hal qiluvchi bosqichlari bo‘lib o‘tgani hamda mundialga yo‘l olmagan 9ta jamoa qolganini inobatga olsak, reytingda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi aniq edi.

2017 yil 16 oktyabrda e’lon qilingan jahon reytingida dastlabki oltilik o‘zgarmagan. Ular orasida Argentina ochko borasida anchagina zaxira jamg‘arib oldi.

Birlashgan Arab Amirliklari termasi o‘z o‘rnidan siljimay turib, bizdan yuqorida bo‘lib qoldi. O‘zbekiston milliy jamoasi kutilganidek, Osiyoda 8, dunyo reytingida esa 76-o‘ringa joylashdi.

Termamiz sentyabr oyida 7 o‘rin pastladi. Yo‘qotishimiz 40,88 ball bo‘lgani omadimiz, shekilli. Chunki milliy jamoamiz sentyabrda birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.

Natijamiz unchalik yaxshi bo‘lmasligi mumkin, lekin Suriyaning JCH-2018 saralashi yo‘lidagi bitta durang va bitta mag‘lubiyati ularning reytingda 77-o‘ringa tushib ketishiga olib keldi. Shu tariqa Suriyaning rekordi (75-o‘rin, 2017 yil sentyabr) yangilanmay qoldi.

Osiyo yetakchisi Eron 25dan 34-o‘ringa tushdi. Chunki forslar so‘nggi durang tufayli umumiy hisobda qariyb 81 ochko yo‘qotishdi. 1998 yil fevralida jahon reytingida 9-o‘rinni egallagan Yaponiya esa 44-pog‘onani band etgancha yuqoriga ko‘tarila olmadi.

Oy yakunlariga ko‘ra, qit’amizda o‘rinlar bo‘yicha eng yaxshi o‘sishga Turkmaniston (+22 o‘rin), Tojikiston (+17) va Yaman (+16) termalari erishgan bo‘lsalar, ochkolar bo‘yicha o‘sishda olsak, Livan, Xitoy va Turkmaniston qit’ada hammadan peshqadamlar.

Butan, Qatar va Janubiy Koreya o‘rinlar bo‘yicha hammadan shiddatli qulagan bo‘lishsa, ochko yo‘qotishda Eron, Janubiy Koreya va DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:38, 25.10.2017.
O'qildi: 4373 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.