Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Talabchan «diktator» yoxud Polshani mundialga olib chiqqan murabbiy faoliyatiga nazar

Talabchan «diktator» yoxud Polshani mundialga olib chiqqan murabbiy faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Polsha terma jamoa­sining JCH-2018 ishtirokchilari safidan joy olishida saralash bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Robert Levandovskining hissasi salmoqli bo‘ldi.

Lekin «oq burgut-lar»ning shiddatli parvozini ta’minlagan Adam Navalkaning ulushi mashhur shogirdinikidan kam emas.

Jamoatchilikka «diktator» nomi bilan tanilgan murabbiy hayoti davomida mashaqqatli sinovlarda toblandi. Ana shu hayotiy saboqlar keyinchalik Navalkaning asosiy quroli sifatida murabbiylikda o‘z samarasini bera boshladi.

80-yillar o‘rtalarida Adam Navalka Amerikada istiqomat qila boshladi. Ertalab soat 6:00da polshalik do‘stlari bilan mo‘’jazgina do‘konchada nonushta qilar, ke­yin ishga otlanardi.

U xizmat qiladigan firma Nyu-York atrofidagi elektr liniyalari yaqinida o‘sadigan daraxtlarni kesish bilan shug‘ullanardi. «Ish jarayoni tartibli, yaxshi haq to‘lanadigan, qonuniy edi.

Adam ham ko‘pchilik kasbdoshlari qatori daraxt kesar, juda mehnatsevar edi», - deya xotirlaydi Navalkaning Amerikaga ko‘chib o‘tishiga ko‘maklashgan Yanush Suroves.

Oqshomlari Adam polshalik Imigrantlardan tuzilgan mahalliy «Polish-Amerikan Iglz» jamoasida to‘p surardi. Tez orada Yonkersdan boshpana topgan Navalka rafiqasini yoniga chaqirdi, ingliz tilini o‘rgandi. Atigi to‘rt yil yashashga arang chidadi. Chunki u futbolni sevardi.

JCH-78ning umidli yoshlaridan bo‘lgan futbolchi jarohat tufayli maydonga tusholmay, ilojsizlikdan xorijga yo‘l olgandi. «Taqdirning qaltis hazilini qarangki, biz ichkilikka ruju qo‘yib, salomatligimizni barbod qilardik. Ammo jarohat olmasdik.

Adam esa futbol uchun bazmu-jamshiddan voz kechgan, doimo shifokorlar ko‘magiga muhtoj bo‘lardi... Hatto ba’zan u sog‘­lom uyquga yotib, jarohat bilan uy­g‘ongan paytlar ham bo‘lgan», - deb yozgandi Navalkaning «Visla»dagi jamoadoshi Anjey Ivan o‘zining avtobiografik asarida. Darhaqiqat, 1985 yilning asosiy qismini futbolchi shifoxonada o‘tkazdi, «Visla» esa quyi divizionga tushib ketdi.

Oxir-oqibat, Navalka barchasiga qo‘l siltab AQSHga yo‘l olgandi. Polshaga qaytib kelganida murabbiylikni hatto xayoliga ham keltirmagandi, o‘zini savdoga urdi.

Avvaliga «Trabant» avtomobillariga «Folksvagen» dvigatellarini moslashtirib sota boshladi. Keyin jinsi materiallari bilan savdo qiladigan do‘kon ochdi, undan kosmetika savdosiga o‘tdi. Lekin tez orada futbolsiz tura olmasligiga amin bo‘ldi.

Ha, turli jamoalarga ustozlik qilgan Navalka barchaga baravar talabchanligi va qattiqqo‘lligi bilan diktator taxallusiga ega bo‘ldi. O‘z shogirdlarini ertalab soat 6:30da mashg‘ulotlarga olib chiqar, futbolchilar och-nahor mashq qilishga majbur edilar.

Qolaversa, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:44, 30.10.2017.
O'qildi: 2197 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик