Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Transfer dinamikasi yoxud futbol bozori qanday rivojlangan?

Transfer dinamikasi yoxud futbol bozori qanday rivojlangan?

Baho:
+ | -

Bundan 20 yil oldin Ronaldo jahon transfer rekordini o‘rnatgan, biroq u atigi bir mavsum ushlanib turgandi.

Aniqroq aytsak, «Inter» 1997 yilning 20 iyun kuni «Barselona» hujumchisi Ronaldo uchun 19,5 million funt to‘lab, jahon rekordini o‘z nomiga rasmiylashtirgandi.

Mana, bu yil «PSJ» bu marrani ancha yuqoriga ko‘tarib qo‘ydi - 222 million yevro. Savol: futbolchilar transfer huquqi nega bunchalik qimmatlashib ketdi?

Keling, soccer.ru sayti ma’lumotlari asosida futbol bozori dinamikasi bilan tanishish asnosida bu savolga muayyan javob olamiz.

1893 yil. «Aston Villa» Villi Grouvz uchun 100 funt to‘lagandi

Shotlandiyalik Grouvz o‘zboshimcha holda «Vest Bromvich»dan ketib, Birmingem jamoasi safiga qo‘shilgan. Natijada «VBA»ning jahli chiqqan va o‘rtada katta mojaro yuzaga kelgan. Yakunda «Aston Villa» transfer uchun 100 funt to‘lashga majbur bo‘lgan - futbol bozori tarixidagi ilk «aylanma».

Qiymat mohiyatini teranroq tushunish uchun aytish kerak, 1893 yili 100 funtga bitta mo‘’jazgina kottej sotib olsa bo‘lardi. Har holda, oddiy ishchilar haftasiga 5 funt maosh olishgan, futbolchilarning 7 kunlik xizmatlari esa 4 funtga baholangan. Xullas, maoshning yuqori nuqtasi qat’iy belgilab qo‘yilgandi. Shu bois, ko‘plab o‘yinchilar parallel ravishda boshqa yumushlar bilan ham shug‘ullanishgan. Umuman, kurs bo‘yicha aytsak, o‘sha vaqtdagi 100 funt hozirgi 13 ming  dollar o‘rnini bemalol bosadi.

Misol uchun, Sherlok Xolms haqidagi asar muallifi - ser Artur Konan Doyl 40 funt to‘lab, butun bir yil davomida 4 xonali kvartiradan ijara asosida foydalangan, 60 funt bilan esa Yevropa bo‘ylab sayohatga chiqishi mumkin bo‘lgan. Xullas, 100 funt o‘sha vaqt uchun katta mablag‘ hisoblangan.

Biroq Villi Grouvz «Aston Villa»da tuzukroq o‘ynolmagan va bir yildan keyinoq jamoadan ketgan. Oddiy aytganda, ilk rekordchi ishonchni aslo oqlamagan.

1905 yil. Alf Kommon - 1000 funtga sotilgan ilk futbolchi

Atigi 12 yil ichida futbol transferi rekordi naq 10 karra oshgan. Agar hozir ham shunday o‘sish sur’ati saqnalib tursami, 2028 yilga borib, eng qimmatbaho futbolchining narxi 1 milliard yevroga yetadi-ya... Endi 19-asr boshiga qaytsak, o‘rta sinfga mansub fuqarolar yiliga chamasi 400 funt topishardi.

Bitta qiziqarli fakt: 1905 yili Angliya aholisi 2 milliondan ortiq bo‘lgan va har ikki kishidan biri Kommon transferini o‘z hisobidan amalga oshirishi mumkin edi. Shuning barobarida Alf aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada futbol o‘ynagan emas. To‘g‘ri, jismonan baquvvat hujumchi gavdasidan unumli foydalanar, Angliya termasida 1-2 marta maydonga tushgandi.

U «Midlsbro»da 6 yil binoyidek to‘p surib, 1000 funtni oqlaydi. Aytgancha, Alf «Boro»dan taklif olishiga qadar «Sheffild Yunayted» bilan shartnoma tuzishdan bosh tortib, «Sanderlend»ga o‘tgandi. Biroq yangi klubda o‘ynashga ulgurmaydi - rekord darajadagi taklifdan yuz o‘girolmagandi.

1928 yil. «Arsenal» Devid Jek uchun 10890 funt sarflagan

Jek 29 yoshida jahon rekordini yangilaydi. «Kanonirlar» o‘sha vaqt ham ancha boy edilar. E’tibor bering, futbolchining yuqori bahosi ming funtdan 10 ming funtga ko‘tarilishi uchun 23 yil ketgan - bu biroz aqlga sig‘maydi.

Darvoqe, Jek transferini avvaliga 13 mingga baholashgan, biroq afsonaviy murabbiy Chepmen «Bolton» vakillari bilan gaplashib, narxni biroz pasaytirgan. Bu transfer futbol mutasaddilarini tashvishga ham solgan. Ular hech bir futbolchi bunday katta summaga arzimasligi xususida baralla gapirishgan. Zero, valyuta inflyasiyasini nazarda tutsak, «Arsenal» hozirgi kurs bo‘yicha faxriy futbolchiga deyarli 800 ming funt to‘lagan bo‘lib chiqadi.

Devid xususida to‘xtalsak, birinchi jahon urushida qatnashgan futbolchi «Bolton»da munosib to‘p surgandi - chempionat doirasidagi 295ta o‘yinda 144ta gol. U «Arsenal»da ham deyarli shunday statistikaga erishadi - 208ta o‘yin, 124ta gol. Asosiysi, Jek «kanonirlar» safida Angliyaning 3 karra chempioniga aylanadi.

1932 yil. «River Pleyt»ning xarajati - 23000 funt

Angliya sarhadlaridan jahon hududiga o‘tamiz. Avvalgi asrning 30-yillari barcha ligalarda maosh masalasida chegara bor edi, shuning uchun futbolchilarni moliyaviy shartlar asosida ko‘ndirish oson emasdi. Xullas, britaniyaliklarga daxli yo‘q ilk qimmatbaho transfer Argentinada amalga oshiriladi.

Yosh hujumchi Bernabe Ferreyra «Tigre»da shunday dahshatli o‘yin ko‘rsatadiki, «River Pleyt» prezidenti uning mahsuldorligidan mast bo‘lib, futbol transferi rekordini yangilash uchun pul topadi. Xullas, hozirgi hisob-kitoblar bo‘yicha aytsak, futbolchi uchun ilk marta 1 million dollardan ko‘proq to‘lanadi.

«River Pleyt» bu transferidan sira afsuslanmagan bo‘lsa kerak: Ferreyra faoliyati davomida 206ta gol uradi. Vaholanki, u jami 197ta o‘yinda ishtirok etadi, xolos. Xullas, Bernabe 30 yoshidayoq futboldan chetga chiqadi. Ammo «yovvoyi yirtqich» laqabini olgan futbolchini uzoq vaqt eslab qolishadi.

Axir uning transferi naq 17 yil rekord sifatida tilga olinadi. Qisqasi, bu futbol tarixida eng uzoq vaqt saqlanib turgan rekord ko‘rsatkichdir. Faqat 1949 yilga kelib, Kuigli uchun 24 ming funt berishadi, biroq dollarga nisbatan kurs o‘zgarishiga qarasak, aslida uning transferi Ferreyranikiga nisbatan arzonroq tushgan.

Demakki, Bernabe 22 yil davomida eng qimmatbaho futbolchi maqomida yurganini ta’kidlash mumkin, toki urugvaylik Alberto Skyaffino «Milan» safiga 72000 funt evaziga o‘tishiga qadar.

1961 yil. «Barselona» 152000 funt tufayli Luis Suaresdan voz kechadi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:59, 05.11.2017.
O'qildi: 3368 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.