Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zbekiston Futbol Federasiyasida hakamlar va nazoratchilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Futbol Federasiyasida hakamlar va nazoratchilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi majlislari zalida hakamlar va nazoratchilar ishtirokidagi navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, federasiya xodimlari hamda O‘zbekiston chempionatida faoliyat yuritayotgan hakam va nazoratchilar ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala O‘zbekistonda hakamlik sifatini oshirish, Oliy liga, Birinchi liga hakamlari, shuningdek,  yosh hakamlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, hakamlarga o‘quv-amaliyot seminarlarini O‘zbekistonda va xorijda tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Hakamlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarga federasiya rahbariyati tomonidan tegishli ko‘rsatma va vazifalar berildi.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqan O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: “Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Federasiya rahbariyati bir qator islohotlar o‘tkazib, yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilyapti. Futbolning rivojida Siz hakamlarning ham o‘z o‘rningiz bor. Shu sababdan bugungi yig‘ilishimizda Sizlardan o‘z ishingizga professional yondoshib, o‘yinlarni xolis va mas’uliyat bilan boshqarib borishingizni so‘rayman. Oxirgi paytlarda O‘zbekistonda hakamlik bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Men tushunaman, ish bor joyda, xato bo‘ladi. Lekin ataylab xatolikka yo‘l qo‘ygan, sport prinsiplaridan og‘ishgan hakamlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

 Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, hakamlik saviyasini oshirish va adolatli hakamlikni ta’minlashni asosiy vazifalarimizdan biri deb bilaman. Mana shu maqsadda Sizlarga yaqinda Ma’mur Saidqosimov yangi rahbar sifatida tayinlandi. Ishonamanki, siz mutaxassislar yaqin orada yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etib, O‘zbekiston chempionati va Xalqaro o‘yinlarni xolis va munosib boshqarib, o‘zbek hakamligini yuqori bosqichga olib chiqish uchun o‘z kuch va bilimingizni ayamaymizlar”.

Shundan so‘ng, yig‘ilishda FIFA referisi Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi.

“Bugungi kunda yurtimizda bo‘layotgan katta islohotlar jarayonida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev har bir ishga adolat bilan yondoshib, bizga o‘rnak ko‘rsatyaptilar. Hozirgina Umid Muhammadjonovich ta’kidlab o‘tganlaridek, biz hakamlar o‘z ishimizga mas’uliyat va adolat bilan yondoshib, muxlislarimiz ishonchini oqlashga borimizni berib harakat qilishimiz kerak. So‘nggi paytlarda hakamlik bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolar va muxlislar e’tirozlarini inobatga olib, shu xatolar ustida jiddiy ishlab, uni boshqa qaytarmaslik va har bir o‘yinda sifatli hamda adolatli hakamlik namoyish etib, futbolimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur”.

Ravshan Ermatovdan so‘ng Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Avvalambor, menga mas’uliyatli ishda ishonch bildirganingiz uchun minnatdorman. Ushbu ishonchni oqlash uchun bor kuch va tajribamni ishga solishga va’da beraman. Federasiya rahbariyati tomonidan hakamlar oldiga qo‘yilayotgan vazifalar o‘zbek hakamligini yangi bosqichga olib chiqish, FIFA va OFK standartiga tayangan holda hakamlik ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan iborat. Mazkur vazifalarni bajarish uchun barchamiz birlashgan holda ish olib boramiz”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:08, 06.11.2017.
O'qildi: 3769 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.