Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 2026 yilgi jahon chempionatini sakkizta o‘yinda 10 ta gol bilan yakunlab, musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, fransuz hujumchisi jahon futboli tarixida jahon chempionatida ikki marta «Oltin butsa» sohibi bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.
Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga beriladigan ushbu sovrin ilk bor 1982 yil Ispaniyada o‘tkazilgan mundialdan buyon topshirib kelinmoqda. Shuningdek, 27 yoshli forvard 2026 yilgi jahon chempionatining «gol+pas» tizimi bo‘yicha ham eng sermahsul futbolchisi bo‘ldi. U turnirda 10 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan jami 14 samarali harakat qayd etdi.
Turnir finalida Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini Ferran Torres uchrashuvning 106-daqiqasida kiritdi.
Endi Mbappening jahon chempionatlari doirasidagi gollari soni 22 taga yetdi va bu musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.













