Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Paxtakor» mashg‘ulotlarda zamonaviy texnologiyadan foydalanadi

«Paxtakor» mashg‘ulotlarda zamonaviy texnologiyadan foydalanadi

Baho:
+ | -

Futbolchilarning yanada qulay sharoitda mashq qilishi uchun klub tomonidan zamonaviy texnologiya xarid qilindi.

"Paxtakor" futbol klubi "Catapult" firmasining yangi texnikasidan o‘yinchilarning mashg‘ulot va uchrashuv paytidagi umumiy jismoniy holatini aniq kuzatish maqsadida foydalanishni boshladi. U futbolchining sog‘lig‘idagi muammolarni o‘z vaqtida bilib, shunga yarasha chora ko‘rishga yordam beradi.

Avstraliya kompaniyasi ilk bor o‘zbek bozoriga kirib keldi. "Paxtakor" ayni paytda O‘zbekiston jamoalari orasida birinchi bo‘lib ushbu qurilmani xarid qildi.

Bugungi kunda "Catapult"da dunyoning 16 mamlakatida 300dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya texnikasidan 35 sport turida 1520dan ortiq jamoalar foydalanadi. Futbolda Braziliya terma jamoasi, "Sevilya", "Chelsi", "Seltik", "Liverpul", "Lester", "Milan", "Bavariya" va "Fenerbaxche" kabi mashhur jamoalar "Catapult" texnologiyalari yordamida futbolchilar holatini nazorat qiladi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:25, 07.11.2017.
O'qildi: 4835 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик