Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Ulug‘bek Baqoyev: «Menga Igor Sergeevning o‘yini yoqadi»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 28-turi doirasida "Lokomotiv" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"To‘g‘risini aytsam, dastlabki 15 daqiqalikda qanday voqealar ro‘y berganini tushunmay qoldim. "Lokomotiv"ni tabriklayman, ular haqli ravishda g‘alabaga erishishdi. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatni tenglashtira oldik.

Darvozabon? U 18 daqiqada 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning gollarda aybi yo‘q, biroq ruhiy tomondan biroz cho‘kish bo‘lgani uchun uni almashtirdim.

Ha, bugun himoyaviy uslubni tanlagandim. Chunki "Lokomotiv"ga qarshi ochiq o‘yin ko‘rsatib bo‘lmaydi.

Iste’fo? Shartnomam mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Hozircha nima bo‘lishini bilmayman. Klubda qolamanmi yoki yo‘q, bularning barchasi mavsum yakunlanganidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Hozirgi paytda hujumchini tarbiyalash juda qiyin bo‘lmoqda. Yoshlarning potensialida yetishmovchiliklar bor. Kimning o‘yini yoqadi? Igor Sergeev. So‘nggi pallalarda kamroq gol urayotgan bo‘lsa-da, uning intilishi yuqori darajada", - deydi Baqoyev.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:01, 08.11.2017.
O'qildi: 3942 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик