Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya 0-2 O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

«So‘g‘diyona»: Raqibimiz «Qo‘qon-1912»

«So‘g‘diyona»: Raqibimiz «Qo‘qon-1912»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 29-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida Qo‘qonning  “Qo‘qon-1912”  klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv jamoamizning oliy ligadagi  613-o‘yini bo‘ladi. E’tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davra 14-turida “So‘g‘diyona”  safarda   “Qo‘qon-1912”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsda o‘tkan masumda jamoamiz sharafini himoya qilgan himoyachi Murod Xolmuxammedov 20 daqiqada hisobni  penaltidan ochgan edi. Ko‘p  o‘tmay 25 daqiqada  Suxrob Berdiyev hisobni 2:0 ko‘rinishiga  olib kelgan. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Filip Rayevas hisobni yirik 3:0 holatiga olib kelgan edi. Ikkinchi bo‘limning 55 daqiqasida Sardor Eminov penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi 3:1. 76 daqiqada Sanjar Rashidov Nikita Ribkin darvozasini ishg‘ol qildi va  shu tariqa o‘yin 3:2 hisobida yakunlangan edi.

“So‘g‘diyona” o‘tgan turda safarda  “Navbahor” ga qarshi bahs olib borgan edi va 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Qo‘qon-1912 ”  o‘z maydonida   “Bunyodkor” ni  qabul qildi va  2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

“Qo‘qon-1912 ” 41 ochko bilan turnir jadvalida  8-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 28 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.

O‘YINNI  AXROL  RISQULLAYEV   BOSHQARADI

“So‘g‘diyona” (Jizzax)- “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)

Ushbu bahsni Axrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Temur Gaynulinlar yordam beradi. Zahiradagi  hakam Oleg Rubakov.

Nazoratchi: Artyom Artyunov

O‘zPFL vakili:  Sherzod Rajabov

O‘ZARO USTUNLIK

“So‘g‘diyona” hamda “Qo‘qon-1912”  klublari oliy ligada shu kungacha 21 bor kuch sinashishgan.“Qo‘qon-1912” hisobida 7 ta, “So‘g‘diyona” hisobida 10 ta g‘alaba mavjud. 4 o‘yinda  durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  35:26. “Qo‘qon-1912”  o‘zaro o‘yinlarda 25 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ,jizzaxliklar 34 ochkoni qo‘lga qiritgan.  “Qo‘qon-1912”ning eng yirik g‘alabasi 4:2, “So‘g‘diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  5:2.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:

29.10.2016 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 1:1

26.06.2015 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 2:1

14.09.2002 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 1:0

10.05.2000 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912» 3:2

25.09.1999 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 1:1

14.08.1998 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 5:2

06.09.1995 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 4:0

03.11.1994 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 3:0

29.09.1993 «So‘g‘diyona» - « Qo‘qon-1912 » 1:0

26.08.1992  «So‘g‘diyona» - «Qo‘qon-1912» 1:0

O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Jizzaxdagi 10 ta o‘yindan 8 tasida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Qo‘qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.

O‘YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 18 noyabr kuni soat 14:00 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 19 noyabr  kuni 14:00 da “So‘g‘diyona” stadionida o‘tkaziladi.

“QO‘QON-1912” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR

Jalil Kimsanov 2012-2013 yillarda,Suxrob Berdiyev 2013-2014, Akmal Xolmurodov va Murod Xolmuhammedovlar 2015-2016 “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilishgan.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:59, 19.11.2017.
O'qildi: 1461 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.