Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Lokomotiv» — ikki karra O‘zbekiston chempioni!

«Lokomotiv» — ikki karra O‘zbekiston chempioni!

Baho:
+ | -

Bugun Samarqanddagi “Dinamo” o‘yingohida Oliy Liga 29-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan muhim bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Dinamo”dan 5:1 hisobida ustun keldi. Bu o‘yinda Marat Bikmayev xet-trikni rasmiylashtirdi.

Natijada Oliy Liga-2017 yakunlanishiga yana 1 tur qolganida “temiryo‘lchilar” oltin medallarni naqd qilib qo‘yishdi. Bu orqali jamoa o‘z chempionlik unvonini munosib himoya qila oldi va ketma-ket O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi!

Shu tariqa, “temiryo‘lchilar” jamoasi o‘z sovrinlar muzeyini yana bir chempionlik kubogi bilan boyitadigan bo‘lishdi. Bungacha jamoa 2016 yilda ilk bora mamlakat chempioni bo‘lgandi. 3 marta - 2013, 2014, 2015 yillarda “Lokomotiv” O‘zbekiston chempionati kumush medallariga ega chiqqan. Bir marta – 2012 yilda “Loko” bronza medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, klub ikki karra (2014, 2016 yillar) O‘zbekiston kubogi sohibi sanaladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:04, 19.11.2017.
O'qildi: 2893 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик