Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Kaka: «Taqdirimdan nolish – gungoh»

Kaka: «Taqdirimdan nolish – gungoh»

Baho:
+ | -

Adidas kompaniyasi taklifiga binoan, JCH-2018 uchun tanlangan rasmiy to‘p taqdimotida ishtirok etgan Kaka tabiiyki, OAV vakillari qurshovida qoldi.

Rossiyalik kasbdoshlarimiz braziliyalik yulduzdan intervyu olish ilinjida hattoki, portugal tilini ham o‘zlashtirishdi.

Lekin championat.com muxbiri o‘ta jiddiy tayyorgarlik ko‘rganiga qaramay, endigina faoliyatini yakunlagan futbol afsonasi bilan suhbatlashish arafasida anchagina hayajonlandi va buni yashirmadi ham:

«Imkoni bor barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan yulduz qarshisiga chiqqach, oldindan rejalashtirilgan savollarni unutib qo‘ysam kerak-ov...».

Boz ustiga, Kaka bilan muloqot uchun atigi 10 daqiqa ajratilgandi. Muhimi, kasbdoshimiz o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Quyidagi intervyu bunga asos.

- Yangi to‘pni amalda sinab ko‘rdingizmi?

- Yo‘q, hozircha uni birrov ko‘rdim, xolos. Ya’ni to‘pni oyog‘imda o‘ynatishga hali  ulgurmadim.

- Faoliyatingiz davomidagi eng chiroyli golni qaysi to‘pda urgansiz?

- Eh, xotiramda muhrlanib qolgan alohida gollar ancha ko‘p. Shunday ekan, bittasini ajratib ko‘rsatishim qiyin. Misol uchun, 2007 yili Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida «MYU» darvozasiga urilgan golni aytishim mumkin.

- Xaynse va Evra o‘sha o‘yindan keyin tun bo‘yi uxlolmay chiqishgan ekan. Ularga rahmingiz kelmaganmi...?

- Aslida hamisha raqiblarga hurmat bilan qarayman, biroq o‘sha lahzada bu haqda hattoki, o‘ylamagandim.

- Aftidan, Patris Evra hanuzgacha asabiy holatdan xalos bo‘lmagandek - yaqindagina muxlislardan birining boshiga tepib yubordi. To‘g‘ri, bunga daxldor emassiz...

- Albatta, daxlim yo‘q-da. Axir oradan qancha vaqt o‘tdi.

- Faoliyatingizning ilk bosqichida Rossiya klublaridan biri safiga qo‘shilishga yaqin kelganingiz rostmi? DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:50, 20.11.2017.
O'qildi: 2722 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик