Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Rustam Mirsodiqov: «Tarkib borasidagi muammolardan qutila olmayapmiz»

Rustam Mirsodiqov: «Tarkib borasidagi muammolardan qutila olmayapmiz»

Baho:
+ | -

“Qizilqum” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvidan keyin “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning o‘yin haqida fikrlarini so‘radik.

Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: - Nechanchi o‘yindirki tarkib borasidagi muammolardan qutila olmayapmiz.

O‘ng qanot himoyachimiz endi endi individual shug‘ullanishni boshlayotgan bir paytda Navoiyga asosiy pleymeykerimiz Ayubxon No‘’monov hamda to‘purar hujumchimiz Zohid Abdullayevlarsiz keldik.

Mashg‘ulotlar jarayonida og‘riq bezovta qilgani bois asosiy darvozabonimizni so‘nggi daqiqalarda zahirada qoldirishga majbur bo‘ldik. Ko‘ryapsizmi, tarkibda qancha bo‘shliqlarni bekitishimiz lozim edi.

Bugun yutqazgan bo‘lsakda yoshlarimizning o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Muhammadjon Sultonov oliy ligadagi birinchi golini urdi. Ulug‘bek Xudoyorov, Abrorbek Toshqo‘ziyevlar ham o‘yinga yaxshi qo‘shilib ketishdi.

Ba’zi vaziyatlarda tajribasizligimiz, ozgina tezlikda, fikrlashda yutqazishimiz bois imkoniyatni boy berdik deb o‘ylayman.

Chempionatning oxirgi turini uyda o‘tkazamiz. Nasib bo‘lsa, ungacha asosiy tarkib o‘yinchilari safimizga qaytishadi. Chiroyli, hujumkor o‘yin bilan muxlislarimizni albatta xursand etishga harakat qilamiz, deydi Rustam To‘xtamurodovich.

"Metallurg" FK Matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:02, 20.11.2017.
O'qildi: 1764 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик