Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ivan Rakitichning muhabbati hikoyasi haqida

Ivan Rakitichning muhabbati hikoyasi haqida

Baho:
+ | -

Sevgi atalmish tuyg‘u odamni ne ko‘yga solmaydi-ya... Tabiiyki, eng sara futbolchilar ham muhabbat qarshisida bosh egishadi.

E’tiborli tomoni, ularning ayrimlari aynan mahbubalari ko‘nglini ovlash ishtiyoqida faoliyatlarini mutlaqo boshqacha tarzda yo‘lga soladilar.

Ya’ni tinimsiz mehnat orqali top-klublarda yulduz futbolchiga aylanish barobarida o‘zga mamlakat urf-odatlariyu, tilini o‘rganishadi.

Harqalay, muhabbatga erishish masalasi ko‘ndalang bo‘lsa, bu ishlar o‘z-o‘zidan yuqori sur’at oladi. Misol uchun, «Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich xuddi shunday mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan.

Gollivud rejissyorlari uning muhabbat qissasidan bemalol ssenariy yozishlari mumkin. Yo‘q, to‘xtang, ular shunchaki, Ivanning avtobiografiyasini varaqlashsa, bas... Mana, xorvat yigiti hikoyasini o‘qib, o‘zingiz baho bering.

*****

- 2011 yilning boshi. Endigina 21 yoshga to‘lgandim. Ispaniyaga oqshom soat 10da uchib keldik - «Sevilya» bilan shartnoma tuzish uchun. Bungacha 4 yil «Shalke» sharafini himoya qilgandim.

Mendan talab qilinadigani - tibbiy ko‘rikdan o‘tish va 1-2ta hujjatga imzo chekish. Akam - Deyan hamrohrigida mehmonxonaga borib, klub vakillari bilan tushlik qildik. Keyin negadir asabiylasha boshladim.

Kechqurun uxlashga imkon bo‘lmasligini bilib, akamga yuzlandim: «Yur, barda biror narsa tamaddi qilib, biroz mizg‘ib olamiz». Ayni shu so‘zlar butun hayotimni o‘zgartirib yubordi. Chunki barda ishlayotgan qizning go‘zalligidan aqlimni yo‘qotdim.

Shunda beixtiyor o‘yladim: «Sevilya. Vau. Barchasi zo‘r...». Ammo ispanchada Hola iborasidan boshqa biror so‘z bilmasdim va qiz bilan nemischa, inglizcha, italyancha, fransuzcha va serb-xorvatchada gapirishga urindim.

Xullas, akamga boshqa yirik klub vakillari qo‘ng‘iroq qilgunlaricha gaplashib turdik. Ular Sevilyada ekanimizdan xabar topishgan va men uchun samolyot yuborishga ham tayyor edilar. Chunki «Sevilya» bilan hali rasman kelishmagandik.

Akam  so‘radi: «Xo‘sh, endi nima qilamiz? Javobim oddiy bo‘ldi: «Sevilya» prezidentiga so‘z berdim va bu har qanday shartnomadan muhim».

Keyin barga ishora qilib, qo‘shib qo‘ydim: «Anavi ofisiant qizni ko‘ryapsanmi? «Sevilya»da o‘ynash va shu qizga uylanishni istayman». Akam kulib yubordi: «Zo‘r-ku, xohishing». U gapimni hazilga yo‘ygandi.

*****

- Ertasiga «Sevilya» bilan shartnoma tuzdim va uy topgunimcha mehmonxonada 3 oy yashadim. Har kuni qahva ichish bahonasida go‘zal ofisiant oldiga borib turdim. Faqat ismini bilardim - Rakel. Ammo u inglizchani tushunmasdi, men esa ispanchani.

O‘zi shunaqa, kimnidir uchratasanu,  ko‘nglingda unga nisbatan qandaydir iliqlikni darhol sezasan, lekin bu nimaligini bilmaysan. Xullas, har kuni Rakel oldiga tushganimda, ichimda bomba portlaganday bo‘lardi.

Kunlar shu zayl o‘taverdi va bir talay ispancha iboralarni ham o‘rgandim. Qiz bilan muloqotda qiynalganimda esa imo-ishoralardan foydalanardim. U shunchaki, kulardi. «Men Jeyn, sen esa Tarzan», deb o‘ylagandir.

Uchrashuv bahona shu qadar ko‘p qahva ichardimki, haligacha tushunolmayman. Uni 20 yoki 30 marta uchrashuvga taklif qilganman. Rakel biror marta ochiq-oydin rad etmasdi, ammo ishi ko‘pligi, charchaganini aytardi.

3 oydan keyin yangi uyga ko‘chib o‘tdim, ammo yuragim g‘ash edi: «Hammasi tamom...». Ammo chekinishni istamasdim, o‘sha barga borib, Rakel qo‘lidan qahva ichishni xohlardim.

U ishga chiqmaydigan kunlari ovqatlangani boshqa joyga borardim, chunki barga bosh suqishdan ma’no yo‘q edi. Vaqt o‘tishi bilan ispanchada ozmi-ko‘p muloqot qilishni o‘rgandim.

Bunda doimiy ravishda majburan ispan TVsini ko‘rdim, radiosini tingladim. Sababini bilmaymanu, bolqonliklarda xorijiy tillarni o‘rganish salohiyati balandroq, menimcha.

*****

- Rakel bir kuni DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:05, 20.11.2017.
O'qildi: 4245 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.