Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Superliga–2018: Adolatsiz milliy chempionatga marhabo(mi?)

Superliga–2018: Adolatsiz milliy chempionatga marhabo(mi?)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston professional futbol Ligasi ijroiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, futbol bo‘yicha Oliy liga musobaqasi kelasi mavsumdan boshlab «O‘zbekiston Superligasi» deb ataladigan, Birinchi liga esa «O‘zbekiston PRO-ligasi» deb nomlanadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasida jami 12ta jamoa ishtirok etadi. To‘rtta davradan iborat musobaqada jami 38ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 12ta jamoa uch davrada 33 ta tur o‘tkazgach, ikki guruhga bo‘linishadi. Ya’ni 1–6 o‘rinlarni egallagan jamoalar chempionlik uchun, 7–12 o‘rinni egallagan jamoalar esa Superligada qolish uchun yana 5ta tur o‘tkazishadi.

38-turdan so‘ng ochkolar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan jamoa chempionlikka erishadi. 12-o‘rinni egallagan jamoa PRO-ligaga tushib ketadi. 11-o‘rinni egallagan jamoa esa PRO-ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan ikkita pley-off uchrashuvini o‘tkazadi. G‘olib jamoa Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston PRO-ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi. Ikkita davradan iborat musobaqada jami 30 uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 1-o‘rinni egallagan jamoa Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 2-o‘rin egasi esa Superliganing 11-o‘rindagi jamoasi bilan uy-safar tizimida ikkita pley-off uchrashuvini o‘tkazadi.

Bir qarashda hammasi oddiy va tushunarli. Lekin chuqurroq yondashilsa, Ijroiya qo‘mita 12talik chempionat o‘tkazishning mavjud tajribalaridan foydalanmasdan, eng adolatsiz yo‘lni tanlaganini anglab olish qiyin emas. Buni xuddi to‘g‘ri va tekis yo‘l turganda, «betonka»ni aylanib kelishga mengzash mumkin. Bundan muddao ne? «Tekis yo‘l»dagi svetoforlarning «qizil» chirog‘iga chap berishmi?

Ochig‘i, bunday tarzda o‘tkaziladigan milliy chempionatda tashkilotchilarda qaysidir jamoaga yon bosish va korrupsion sxemalar vujudga kelish uchun yaxshigina sharoit bor.

Keling, bu holni doimo yuqori maqsadlarni ko‘zlovchi «Paxtakor» klubi misolida tushuntirishga harakat qilib ko‘ray.

Aytaylik, 1-2 davralarda uy-safar tizimida 22ta uchrashuv o‘tdi. «Paxtakor» 11 marta o‘z uyida, 11 marta safarda to‘p surdi.

3-davrada yana 11ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ularning ayrimlari uyda va ayrimlari safarda bo‘ladi. Garchi J.Koreyada chempionat shu tarzda tashkillashtirilayotgan bo‘lsa-da, bunda ham tenglik prinsipi yo‘q aslida. Chunki misolimizdagi «Paxtakor» 3-davrada 6ta marta o‘z uyida, 5 marta safarda to‘p suradi, va aytaylik, yuqori oltilikdan joy oladi.

Endi to‘rtinchi davrada ham 5ta tur tashkillashtirilishi nazarda tutilmoqda. Deylik, «Paxtakor» ularning 3tasini yana o‘zida, 2tasini safarda o‘tkazdi. Qaysidir jamoa, aytaylik, «Buxoro» 3-davrada 5 marta o‘zida (6ta safarda) o‘ynab, oltilikka ilinib, yana 2 marta o‘zida o‘ynashi mumkin (3ta o‘yin yana safarda).

«Buxoro»ning 3-4-davralarda o‘z stadionida o‘tkazgan uchrashuvlari 7ta, safarda o‘tkazganlari 9ta bo‘ladi. «Paxtakor» esa aksincha — 9 marta o‘zida o‘ynab, 7 marta safarga chiqadi. Xo‘sh, qani bu yerda tenglik?

Yana, klublar 3-davrada safarda o‘ynab kelgan jamoalarni 4-davrada o‘z uyida qabul qiladi, degan o‘ta kulgili variantni ham o‘ylashayotgan bo‘lishi mumkin qo‘mitadagilar. Yuqoridagi misolimizdagidek, aytaylik, «Buxoro» safarda 6ta jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 5ta o‘zida o‘ynadi. «Buxoro» o‘z maydonida qabul qilgan jamoalarning beshovi ham yuqori oltilikdan joy oldi (nazariy jihatdan shunday bo‘lishi mumkinku?) Endi 4-davrada «Buxoro» nuqul safarda o‘ynaydimi shunaqada?

Modomiki, chempionatda 4 davralik tizim, boz ustiga, yuqori oltilik va quyi oltilikka bo‘lish joriy etilayotgan ekan, nega shuni 1-2-davralarda 22ta tur uy-safar tizimi, 3-4 davralarda 10ta tur uy-safar tizimi joriy qilib, tekisgina o‘tkazish mumkin emas? Ayrim jamoalarga o‘z maydonidagi uchrashuvlar soniga imtiyoz beruvchi bunday «velosiped» kashf qilishdan kim manfaatdor?

Qolaversa, so‘nggi davradagi 5tagina tur chempionlik va «PRO-ligaga» tushib ketuvchilarni aniqlab berish uchun mutlaqo yetarli emas. Bu kundek ravshan-ku? Boz ustiga, chempion aniqlanadigan so‘nggi davrada tenglik prinsipi «yalt» etib buzilib turgan bo‘lsa…

Yana bir jihatga urg‘u bermoqchiman: «PRO-liga»ga ham «Superligadan bitta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushirib yuborilishi juda kam. Maqsad — yurtimizning turli go‘shalarida futbolni rivojlantirish, hamma yoqqa katta futbol havosini olib kirish ekan, «PRO liga» deb ataluvchi Birinchi ligaga qo‘yi oltilikdan 2ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushirib yuborilishi shart. 10-o‘rinni olgan jamoa «PRO-liga»dagi uchinchi o‘rinni egallagan klub bilan uy-safar tizimida o‘tish o‘yinida maydonga tushishi kerak. Ana shundagina chinakam adolat o‘rnatilgan, chempionat ham qiziqarli tus olgan bo‘lar edi.

Hali yangi chempionatning to‘liq shakl-shamoyili tuzib bo‘linganicha yo‘q. O‘ylaymizki, mutasaddilar bildirilayotgan takliflarga quloq tutishadi va butun dunyoga kulgi bo‘lishdan o‘zlarini asrab qolishadi.

Ta’kidlashni istar edimki, milliy chempionat deganlari hech kimga yon bosmasdan, mavsum boshida belgilab qo‘yilgan va davralar oralig‘ida hech qanday tahrirga muhtoj bo‘lmagan taqvim asosida, murosasiz tarzda, ochiq, aniq reglament asosida bo‘lib o‘tishi kerak. Hech qaysi jamoaga imtiyoz qoldirmaslik kerak. Nihoyat, sport prinsiplariga to‘liq amal qilinishi shart.

Shuhrat Shokirjonov.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:41, 21.11.2017.
O'qildi: 11385 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.