Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Paxtakor»ning SSSR chempionatidagi eng yaxshi natijasiga 55 yil to‘ldi

«Paxtakor»ning SSSR chempionatidagi eng yaxshi natijasiga 55 yil to‘ldi

Baho:
+1 | -

1962 yil 18 noyabr kuni yakunlangan futbol bo‘yicha SSSR chempionatida Toshkentning «Paxtakor» klubi 6-o‘rinni egallagandi.

O‘sha yili “Torpedo” Moskva, “Shaxtyor” Donesk va “Zenit” Leningrad kabi klublarni ortda qoldirgan “Paxtakor” yuqori oltilikdan o‘rin egallab, o‘zining Sobiq Ittifoq chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatgandi. Ushbu natija oradan 20 yil o‘tgach, 1982 yil yana takrorlangan.

55 yil avval “Paxtakor” mavsumdagi so‘nggi o‘yinini Toshkentda Doneskning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi o‘tkazgan. 35 ming ishqiboz stadionda kuzatgan uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgan. Gollarni Muxin va Tazetdinov urgan.

Birodar Abduraimov o‘sha mavsum 8 to‘p kiritib, “Paxtakor” to‘purariga aylangan. Gollardan birini Lev Yashin darvozasiga urgani e’tiborga molik.

1962 yilgi mavsumda ko‘rsatilgan natija sababli “Paxtakor”ning 14 nafar futbolchisi “Sport ustasi” unvoni bilan taqdirlangan.

Jamoani o‘shanda Aleksandr Andreevich Keller boshqargan. Biz ushbu tarixiy natijaga erishgan barchani tabriklab, hayotdan ko‘z yumganlarni xotirlaymiz.

Yuriy Pshenichnikov, Sulaymon Demerji, Maqsud Sharipov, Oleg Motorin, Vitaliy Suyunov, Stanislav Semyonov, Yuriy Matveev, Vilgelm Qahhorov, Vladimir Tojirov, Idgay Tazetdinov, Valeriy Muxin, Hamid Rahmatullayev, Viktor Nersesov, Yuriy Fedosov, Yuriy Belyakov, Birodar Abduraimov, Gennadiy Krasniskiy, Igor Malinovskiy, Anatoliy Morozov, Viktor Orlov.

Klub rahbariyati 1962 yilgi tarkibda bo‘lgan murabbiy va futbolchilarga, ularning yaqinlariga hurmatini izhor qiladi hamda ushbu yubiley bilan tabriklaydi. Sizlarni doim eslaymiz, yutuqlaringiz bilan faxrlanamiz!

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:52, 21.11.2017.
O'qildi: 7172 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик