«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YECHL 5-turi doirasida «Feyenoord»ga (1:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz bundanda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi, ammo keyingi bosqich masalasi hal qilingandan so‘ng diqqatni jamlash va bor kuch bilan o‘ynash qiyin kechadi. Bu odatiy hol.
Biroq, shunga qaramay g‘alaba qozondik. Sterlinngning goli esa juda chiroyli chiqdi», — deydi Gvardiola.